USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Marsda “sirli meduza” kameraga tuşib qoldi

144 марта
Марсда “сирли медуза” камерага тушиб қолди

NASA’ning “Curiosity” marsoxodi Marsning suratlaridan birida şakli osilib turgan oyoqçalari bor meduzani eslatuvçi ğayrioddiy töq rangli obektni qayd etdi. Biroq uşbu voqeadan bir neça soniya oldin aynan şu hududda olingan fotosuratlar sayyora yuzasida bunday obekt bölmaganini körsatadi. Bu haqda “Science Alert” naşri xabar berdi.

Surat “Curiosity” tomonidan 2023 yil 23 avgust kuni soat 22:27:46 da olingan. Mars landşafti tasvirlangan fotosuratning çap tomonida meduzaga öxşaş töq rangli şarpa körinadi. Şu bilan birga, marsoxod ğayrioddiy şarpa paydo bölişidan 13 va 25 soniya oldin xuddi şu asbob bilan ayni bir hududni suratga olgan. Oldingi ikkala kadrda ham bu narsa yöq.

Ğalati şarpa paydo bölişining ehtimoliy sabablaridan biri – kosmik nurlar tasiridir. Gap “Curiosity” navigatsiya kamerasining kremniy detektoriga kelib urilgan va tasvirda iz qoldirgan yuqori energiyali zaryadlangan zarraça haqida ketmoqda.

Mars kosmik nurlanişdan Yerga qaraganda ança yomon himoyalangan. Sayyorada global magnit maydoni yöq, uning atmosfera massasi esa Yernikining bor-yöği 0,5 foizini taşkil qiladi. Aynan şu sababli “Curiosity” suratlarida kosmik nurlar bilan boğliq nuqsonlar ilgari ham bir neça bor qayd etilgan.

Fotosuratlarda ular yorqin nuqtalar, doğlar yoki çiziqlar körinişida namoyon bölişi mumkin. Şu bilan birga, bunday izlarning rangi turliça böladi. Masalan, 2023 yilda “Curiosity” haqida tayyorlangan videoda NASA kadrdagi kiçik qora artefaktni aynan kamera datçigiga kosmik nur tegişi bilan tuşuntirgan.

Şuningdek, 2014 yildayoq NASA’ning Reaktiv harakat laboratoriyasi tasvirlarni qayta işlaş böyiça mutaxassisi va tizim muhandisi Jastin Maki Curiosity tomonidan olingan minglab fotosuratlar orasida bunday yorqin doğlari bor kadrlar deyarli har hafta paydo bölişini aytib ötgan.

Biroq sirli “meduza”ning paydo bölişiga aynan nima sabab bölganini “Curiosity” jamoasining xulosalarisiz uzil-kesil aniqlaşning hozirça imkoni yöq. Bunga kamera işidagi yoki suratni qayta işlaşdagi boşqa xususiyatlar ham sabab bölgan bölişi mumkin. Şu bilan birga, şarpaning faqat bitta kadrda körinişi muhim ahamiyatga ega. Bu uning paydo bölişi Mars yuzasidagi real obekt bilan emas, balki aynan kamera bilan boğliqligini deyarli aniq körsatadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Spirit” marsoxodi tomonidan 2007 yilda olingan Mars yuzasining surati internetda virusli tarzda ommalaşgandi. Unda foydalanuvçilar odamga öxşaş sirli figurani payqab qolgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: