2026 yilning eng zör davlatlari elon qilindi
“Best Countries 2026” reytingi elon qilindi va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan unga faqat Qozoğiston va Özbekiston kiritildi – ular mos ravişda 75- va 77-örinlarni egalladi. Bu haqda “Best countries index” hisobotida keltirilgan.
“Best Countries 2026” reytingi WPP BAV (bu dunyodagi eng yirik reklama va kommunikatsiya xoldingi bölmiş WPP kompaniyasining brending va brend kapitalini baholaşga ixtisoslaşgan tadqiqot bölimi) tomonidan Pensilvaniya universitetining Uorton biznes maktabi bilan hamkorlikda tayyorlangan.

“Best Countries” – bu turmuş darajasi yoki iqtisodiyot ahvolining töğridan töğri reytingi emas. Uning yakuniy pozitsiyalari köp jihatdan davlatlarning xalqaro sörovnoma iştirokçilari tomonidan qanday qabul qilinişini aks ettiradi.
2026 yilgi tadqiqotda 33 ta mamlakatdan 15 131 kişi iştirok etgan. Ular davlatlarni 73 ta xususiyat böyiça baholagan va uşbu mezonlar önta yönalişga – hayot sifati va tadbirkorlikdan tortib, madaniy tasir, meros va davlat qudratigaça bölgan sohalarda birlaştirilgan.
“Best Countries 2026” reytingida birinçi örinni Şveytsariya egallagan. Keyingi örinlardan Yaponiya, Şvetsiya, Kanada, Avstraliya, Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Norvegiya va BAA joy olgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan reytingga Qozoğiston va Özbekiston kiritilgan. Qozoğiston 85 ta örindan 75-poğonani egallagan. Hayot sifati, tadbirkorlik va tarixiy-madaniy meros böyiça u 82-örinda, madaniy tasir böyiça esa 85-örinda qayd etilgan. Mamlakatning nisbatan kuçli tomonlari qatorida işlab çiqarişning arzonligi (17-örin), boşqa davlatlardan ajralib turişi (18-örin) va kuçli qurolli kuçlarini (19-örin) körsatib ötilgan.
Özbekiston 77-örinni egallagan. Mamlakatning eng kuçli körsatkiçlari orasida – boşqa mamlakatlardan ajralib turişi (uşbu körsatkiç böyiça 13-örin) va işlab çiqarişning arzonligi (16-örin) bor. Özbekiston eng past baholarni kapitalga ega böliş va kuçli xalqaro ittifoqlarning mavjudligi uçun olgan – har ikkala körsatkiç böyiça ham 85-örin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston joriy yilda yolğiz sayohat qiliş uçun dunyodagi eng yaxşi davlatlar reytingida 5-örinni egallagan edi.