Ayollar uçun eng qulay davlatlar reytingi elon qilindi
Özbekiston ayollar farovonligi, huquqlari va xavfsizligini baholovçi xalqaro reytingda 181 davlat orasida 98-örinni egalladi. Mamlakatning indeksdagi körsatkiçi 0,674 ballni taşkil etgan. Bu haqda Jorjtaun universitetining Ayollar, tinçlik va xavfsizlik instituti xabar berdi.
Mazkur indeks ayollarning jamiyatdagi iştiroki, adolat va xavfsizligini 13 ta körsatkiç asosida baholaydi. Unda talim, bandlik, moliyaviy xizmatlardan foydalaniş, parlamentdagi vakillik, huquqiy tenglik, adolatga erişiş, onalar ölimi, oiladagi zöravonlik va jamoat xavfsizligi kabi mezonlar hisobga olinadi.
MDH davlatlari orasida Moldova 36-örin (0,821 ball), Armaniston 56-örin (0,762), Belarus 63-örin (0,739), Qozoğiston 72-örin (0,722), Turkmaniston 74-örin (0,720), Rossiya 75-örin (0,718), Qirğiziston 84-örin (0,697) va Tojikiston 89-örin (0,685)ni egallagan. Özbekiston esa 98-örinda. Uşbu taqqoslaşda Özbekistondan pastda faqat Ozarbayjon – 111-örinda turibdi.
Şu tariqa, indeksda Markaziy Osiyoning beş davlati orasida Qozoğiston eng yuqori – 72-örinda, undan keyin Turkmaniston (74), Qirğiziston (84), Tojikiston (89) va Özbekiston (98) joylaşgan.
Reytingning eng yuqori beşligini Şimoliy Yevropa davlatlari egallagan. Daniya 0,939 ball bilan birinçi, Islandiya 0,932 ball bilan ikkinçi, Norvegiya va Şvetsiya 0,924 balldan uçinçi, Finlyandiya esa 0,921 ball bilan beşinçi örinda qayd etilgan.
Reytingning eng quyi uçligi esa Afğoniston, Yaman va Markaziy Afrika Respublikasidan iborat. Afğoniston 0,279 ball bilan 181-örinda, Yaman 0,323 ball bilan 180-örinda, Markaziy Afrika Respublikasi 0,362 ball bilan 179-örinda joylaşgan.
Jorjtaun institutining qayd etişiça, 2025/26 yilgi indeksda ayollar huquqlari va farovonligi böyiça global taraqqiyot sezilarli darajada sekinlaşgan. Tadqiqot 181 davlatni qamrab olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston yaşaş uçun eng yaxşi davlatlarning joriy yilgi xalqaro reytingida Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozoğistondan keyin ikkinçi örinni egallagani haqida xabar berilgan edi.