USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ va Eron yana zarbalar almaşdi

127 марта
АҚШ ва Эрон яна зарбалар алмашди

AQŞ va Eron örtasida bir neça haftalik tanaffusdan söng harbiy harakatlar yana boşlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

AQŞ Markaziy qömondonligining malum qilişiça, keça, 1 sentyabr kuni Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusining havo mudofaasi obektlari, radar tizimlari, dengiz vositalari, minalar joylaştiriş imkoniyatlari hamda aloqa obektlariga zarbalar berilgan.

Qayd etilişiça, AQŞ zarbalari Eronning Ahvoz şahri yaqinidagi hududlar hamda mamlakat janubi-şarqidagi Jiroft fuqarolik aeroporti yaqiniga ham berilgan. Şuningdek, Çobahor, Bandar-Abbos, Asaluye va Qeşm orolida portlaşlar sodir bölgani haqida Eron OAVlari xabar qilgan.

Eron esa bunga javoban Iordaniya va Iroqdagi AQŞ harbiy obektlariga raketa va dronlar bilan hujum qilganini bildirgan. Eron OAVlari Bahrayndagi AQŞ harbiy bazasi ham nişonga olinganini xabar qilgan.

Malum qilinişiça, Iordaniya havo mudofaasi mamlakat hududiga kirgan 13 ta ballistik raketadan 10 tasini urib tuşirgan, qolgan 3 tasi esa aholi yaşamaydigan hududlarga qulagan. Bahrayn ham Eron dronlari tutib qolinib, yöq qilinganini bildirgan.

Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi Iordaniyadagi hujum oqibatida köplab AQŞ harbiylari halok bölganini davo qilgan. Biroq AQŞning ikki rasmiysi dastlabki malumotlarga köra, hujum oqibatida amerikalik harbiylar orasida qurbonlar bölmaganini malum qilgan.

Şuningdek, Eron Qizil Yarim oy jamiyati Hormuz böğozi yaqinidagi Sirik hududida töy marosimi vaqtida AQŞ zarbasi berilişi oqibatida 5 kişi halok bölgani va 50 nafari yaralanganini bildirgan. IRNA agentligi esa yaradorlar soni 68 kişiga yetganini, halok bölganlar orasida 4 yoşli bola ham borligini xabar qilgan.

Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi AQŞning hujumlari Hormuz böğozidagi vaziyatni yanada keskinlaştirişini bildirgan. Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibof esa agar AQŞ Eronning Fors körfazidan neft eksport qilişiga tösqinlik qilsa, “heç kim neft eksport qila olmaydi”, degan.

Şu bilan birga, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronga qarşi navbatdagi hujumlar bundan-da kuçliroq bölişi mumkinligidan ogohlantirgan.

“Ammo bu barça hujumlarning eng kattasi bölmaydi. Eng katta hujum hali kutib turibdi va u yakunlanganida Eron Islom Respublikasidan juda kam narsa qoladi”, deb yozgan Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

Qayd etilişiça, AQŞning navbatdagi zarbalari ortidan jahon bozorida neft narxi ham oşgan. Bugun, 2 sentyabr kuni neft narxi bir barrel uçun 4 dollardan köproqqa kötarilib, sönggi beş haftadagi eng yuqori darajaga yetgan.

Naşrga köra, AQŞ va Eron örtasidagi olti oy davom etayotgan mojaro sönggi haftalarda nisbatan tinç holatga ötgan edi. Biroq tomonlar örtasidagi harbiy harakatlar iyul oyidan beri ilk bor yana kuçaydi. AQŞ va Eron iyun oyida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişgan, biroq kelişuv köp ötmay barbod bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron harbiylari Iordaniyadagi AQŞning ikki harbiy bazasiga hujum qilgan edi. Hujumlar oqibatida bazalardagi ayrim harbiy texnikalarga, jumladan, vertolyotlarga zarar yetgan va bir neçta dron yöq qilingan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: