USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Amerika banki vitse-prezidenti piçoqlab ketildi

125 марта
Америка банки вице-президенти пичоқлаб кетилди

Amerika banki (Bank of America) vitse-prezidenti Nyu-York şahrining “Times Square” maydonida piçoq bilan hujum qilinişi oqibatida halok böldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nyu-York politsiyasining malumotiga köra, voqea joriy yilning 31 avgust kuni soat 16:24 atrofida Vest 42-köçasi va Yettinçi avenyu kesişmasi yaqinida sodir bölgan. Politsiya hujum tasodifiy va heç qanday sababsiz amalga oşirilganini bildirgan.

Halok bölgan ayol 32 yoşli Erin Pyaçenti ekani aniqlangan. U Amerika bankining biznes tanlovi va manfaatlar töqnaşuvi bölimida vitse-prezident lavozimida işlagan. Bank vakillari uning ölimidan çuqur qayğuda ekanini bildirgan.

Şuningdek, hujum vaqtida 68 yoşli erkak ham piçoq jarohatlarini olgan. U şifoxonaga yotqizilgan va ahvoli barqaror ekani aytilgan.

Politsiya voqea joyiga yetib borganida hujumda gumon qilinayotgan 49 yoşli Pamela Sisneros ikki katta piçoq bilan qurollangan holda ularga qarab yurgan. Politsiyaçilar unga qarata öq uzgan va ayol keyinçalik vafot etgan. Politsiya komissari Jessika Tişning aytişiça, Sisnerosilgari ruhiy salomatligi bilan boğliq muammolar böyiça qayd etilgan.

Amerika banki xavfsizlik xodimlari politsiyaning tergov işlariga yordam berayotganini malum qilgan.

Malumot uçun, Amerika banki – AQŞdagi eng yirik banklardan biri va mamlakatning moliyaviy xizmatlar körsatiş böyiça yetakçi kompaniyalaridan hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Meksikaning Kulyakan şahrida TikTok blogeri Sesar Gastelum döstlari bilan jonli efir olib borayotgan vaqtida nomalum qurolli şaxslar tomonidan otib öldirilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: