Bir oiladan 4 tobut: Musiqaçi va uning oila azolari vahşiylarça öldirildi
Mexiko şahri yaqinidagi qimmatbaho turar joy majmuasida meksikalik musiqaçi, uning homilador rafiqasi, 3 yoşli qizi, uyida işlovçi 21 yoşli ayol va oilaga tegişli it otib öldirildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, aoqea 1 sentyabr kuni keçqurun Mexiko şahri taşqarisidagi Meksika ştatida sodir bölgan. Mahalliy prokuraturaning malum qilişiça, jabrlanganlarning barçasi skotç bilan boğlangan holda pentxausdan topilgan.
Halok bölgan musiqaçi 38 yoşli Jonatan Melendes bölib, u kompozitor va Camilo Septimo indi-rok guruhida klavişçi sifatida faoliyat yuritgan. Uning rafiqasi Ana Paola taxminan 4 oylik homilador bölgan.
Melendes, uning rafiqasi, 3 yoşli qizi va xonadonda işlagan 21 yoşli ayol kvartira içida otib taşlangan. Halok bölganlarning barçasi, jumladan oila iti ham skotç bilan boğlangan.
Prokuratura malumotiga köra, 3 yoşli qiz boşidan yaqin masofadan öq uzilişi oqibatida halok bölgan. Yana ikki jabrlanuvçining boşiga, bir kişining esa orqasiga öq uzilgan.
Oilaning 6 yoşli öğli ham voqea joyidan topilgan. U hodisadan omon qolgan va jarohat olmagan.
Qöşnilar kvartiradan baqir-çaqir va öq ovozlarini eşitganini aytgan. Jabrlanganlarning jasadlari tun yarmiga yaqin pentxaus içida aniqlangan.
Meksika ştati prokuraturasi ikki nafar gumonlanuvçini qölga olganini malum qilgan. Ulardan biri Melendesning tanişi bölib, tergovçilar uning musiqaçi bilan munosabatlaridan foydalanib, xonadonga bemalol kiriş imkoniga ega bölgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Tergov organlari qotillikning aniq sabablarini aniqlaş va gumonlanuvçilarning hodisadagi rolini belgilaş böyiça iş olib bormoqda.
Malumot uçun, Camilo Septimo — sintpop va indi uslubida ijod qiladigan musiqiy guruh bölib, uning navbatdagi kontserti şu oy oxirida Meksikaning AQŞ çegarasi yaqinidagi Syudad-Xuares şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Meksikaning Kulyakan şahrida TikTok blogeri Sesar Gastelum döstlari bilan jonli efir olib borayotgan vaqtda nomalum qurolli şaxslar tomonidan otib öldirilgandi.