“Buzoqning yugurgani...” Paşinyan Putinning huzuriga bormoqçi
Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Bişkekdagi uçraşuvni juda yaxşi deb atadi va yaqin kelajakda Moskvaga taşrif buyurişga kelişib olinganini malum qildi.
“Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan juda yaxşi uçraşuv ötkazdim”, deydi u özining Telegram-kanalida elon qilingan videomurojaatida.
U sözida davom etarkan, ikki mamlakat ham özaro munosabatlarda ehtiyotkor ekanini alohida urğulagan va kelgusi aloqalar yanada yaxşiroq bölişiga umid bildirgan.
“Samimiy va konstruktiv muloqotni Moskvaga yaqin oradagi taşrifim davomida davom ettirişga kelişib oldik. Şuni qayd etiş kerakki, Armaniston va Rossiyaning ikki tomonlama munosabatlari har ikki davlat uçun juda muhim va biz bu munosabatlarga juda ehtiyotkorona yondaşamiz, Prezident Putin boşçiligidagi Rossiya ham ehtiyotkorona yondaşadi. Ammo şuni ham takidlaş kerakki, yangi muhitda, yangi şaroitlarda bu munosabatlar özgarişga muhtoj va bu özgariş natijasida, işonçim komilki, munosabatlar yaxşiroq – yanada konstruktiv, foydali va iliqroq böladi”, deya qöşimça qilgan Paşinyan.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyanni mamlakatlar örtasidagi hamkorlikning aniq masalalarini muhokama qiliş uçun Rossiya poytaxtiga taklif qilganini malum qildi.
“Men uni [Paşinyanni] Moskvaga şoşilmasdan, uning mutaxassislari va bizning mutaxassislar bilan ötirib, har bir bandni körib çiqişimiz uçun taklif qildim. U yerda aniq savollar bor. Aytaylik, temir yöl, uni rivojlantiriş masalalari. Bunday infratuzilmaga sarmoya kiritiş taşuvlar hajmiga boğliq. Taşuvlar hajmi bormi? Agar bölsa, biz istalgança sarmoya kiritamiz. Taşuvlar hajmi bölmasa – na sarmoya, na rivojlaniş böladi”, deydi Putin.
Joriy yilning 1 sentyabr kuni Vladimir Putin va Nikol Paşinyan Bişkekda ŞHT sammiti doirasida uçraşib, ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Uçraşuvning asosiy mavzularidan biri Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş niyati va bu qarorning Rossiya bilan munosabatlarga ehtimoliy tasiri böldi.
Öz navbatida, Paşinyan ham Armaniston Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantiriş va çuqurlaştirişdan manfaatdor ekanini bildirgan. U Yerevanning Yevropa Ittifoqiga qöşilişga intilişi Rossiya va YeOII bilan mavjud kelişuvlarni buzmaydi, deb hisoblaşini aytgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan endi Rossiyani “strategik şerik” deb hisoblamasligini aytgandi.