USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Tayyor turing”. Putin rossiyaliklarni ogohlantirdi

756 марта
“Тайёр туринг”. Путин россияликларни огоҳлантирди

Rossiya fuqarolari Ukrainaning neftni qayta işlaş zavodlariga (NQIZ) qilayotgan hujumlari sababli benzin tanqisligi saqlanib qolişiga “tayyor bölişlari” kerak. Bu haqda bugun, 3 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Şarqiy iqtisodiy forumda söz oçdi.

Rossiya yetakçisi rasmiylar energetika infratuzilmasiga qilingan va neft mahsulotlari işlab çiqarişning keskin tuşib ketişiga hamda zamonaviy tarixdagi eng kuçli yonilği inqiroziga olib kelgan bir qator hujumlarga tayyor bölmaganini tan olgan.

“(Biz) bular sof fuqarolik obektlari va hatto qurolli nizo şaroitida ham ular har qanday hujum nişoni böla olmaydi, degan qaraşdan kelib çiqqan edik. Biroq bu borada adaşdik, duşmanimiz, ming afsuski, boşqaça fikrda ekan”, deydi Putin.

Moderatorning rossiyaliklar benzin tanqisligiga könikişlari kerakmi, degan savoliga Putin:

“Biz har qanday narsaga tayyor bölişimiz kerak. Faqatgina bizning tayyorligimizgina bizga zarar yetkazmoqçi bölganlarning barçasiga buni qilmaslik maqulroq ekanini anglatadi”, deb javob bergan Putin.

Uning sözlariga köra, Rossiya NQIZlarga berilgan zarbalarga “közgudek javob berişga majbur” va bu javob “salmoqli bölgan”, neft kompaniyalari esa öz obektlarini mustaqil himoya qiliş böyiça faol işlarni boşlab yuborgan va şikastlangan zavodlarni asta-sekin qayta tiklamoqda. 

“Öylaymanki, qolgan 10 foizini yaqin orada qayta tiklaymiz. Maxsus harbiy operatsiya davom etar ekan, yagona javob bor – havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlaş”, deydi Prezident.

Malumot uçun, yil boşidan beri Ukraina dronlari Rossiya NQIZlariga kamida 70 marta zarba berdi va bu Rossiyada neftni qayta işlaş hajmini sönggi ikki ön yillikdagi eng past darajaga tuşirib yubordi. Avgust oyi oxiriga kelib mamlakatda benzin işlab çiqariş içki istemolning atigi 70 foizini taşkil etdi, tanqislik kuniga qariyb 30 ming tonnaga yetdi, kamida 17 ta hudud esa yonilği sotişga çeklovlar joriy etdi – bakka 30-40 litrdan ortiq quyişni taqiqlaşdan tortib, AYoQŞlarda avtomobillar raqamlari böyiça “juft-toq” tizimigaça.

Avgust oyida dronlar zarbalari sababli kamida 7 ta Rossiya NQIZi işlab çiqarişni töliq yoki qisman töxtatdi. Keça, 2 sentyabr kuni esa Leningrad viloyatidagi mamlakatdagi ikkinçi eng yirik zavod – “Kinef” qayta işlaşni töliq töxtatdi. Yonilği tanqisligini qoplaş uçun Rossiya rasmiylari tarixda ilk bor dengiz orqali – Hindiston, Marokaş va Turkiyadan import benzin olib kirişni boşladi, şuningdek, Belarusdan xaridlarni rekord darajaga yetkazdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Zelenskiy Rossiya havo hududidan foydalanayotgan xalqaro aviakompaniyalarni ogohlantirgan edi. U Rossiya osmoni tobora xavfli bölib borayotganini va “Rossiya osmonidagi xavfsiz kunlar tugaganini” aytgan. Zelenskiyning takidlaşiça, Ukraina Rossiyaning harbiy obektlari hamda uruşni qöllab-quvvatlayotgan iqtisodiy infratuzilmaga qarşi dron va raketa zarbalarini davom ettiradi. Vladimir Putin esa Zelenskiyning Rossiya osmoni tobora xavfli bölib borayotgani haqidagi bayonotini “davlat terrorizmiga teng” deb atadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: