Saturnning janubiy qutbida gigant ön burçakli tuzilma topildi
“Xabbl” kosmik teleskopi Saturnning janubiy qutbi yaqinida ön burçak (dekagon) şaklidagi yangi atmosfera hosilasini qayd etdi. Bu haqdagi tadqiqot “ScienceDaily” jurnalida elon qilindi.
Qayd etilişiça, NASA’ning Goddard nomidagi kosmik parvozlar markazi va Basklar mamlakati universiteti astronomlari “Xabbl” kosmik teleskopi suratlarini hamda Saturnning janubiy qutbida ilk bor aniqlangan gigant atmosfera tölqinini örganib çiqqan. 40 yildan ortiq vaqtdan beri kuzatilayotgan maşhur şimoliy geksagondan farqli ölaroq, ön burçakli tuzilma yaqinda şakllangan.

Tölqinsimon çiziq şaklidagi hosilaning ilk belgilarini havaskor astronomlar Trevor Berri va Jan-Pol Oje 2024 yilda OPAL loyihasi malumotlarini örganiş jarayonida payqagan. Keyinçalik “Xabbl” teleskopining 2025 yilgi suratlari bu tuzilma aniq ön burçakli şaklga aylanganini tasdiqlagan. Basklar mamlakati universitetidan tadqiqot rahbari Agustin Sançes-Laveganing sözlariga köra, olimlar 1990 yildan beri şimoliy geksagonning analogini qidirgan, ammo “Kassini” kabi apparatlar bunga öxşaş heç narsani qayd etmagan.
Suratlar tölqinning oqimi içida joylaşganini va atmosferaning bir neçta qatlamini birdaniga qamrab olgan holda uning içkarisiga çuqur kirib borişini körsatgan. NASA tadqiqotçisi Emi Saymonning takidlaşiça, asosiy jumboq – bu tuzilmaning sönggi bir neça yil içida tösatdan paydo böliş sabablarida. Olimlar dekagon doimiy obekt bölib qoladimi yoki vaqt ötişi bilan tarqalib ketadimi – şuni tuşuniş uçun “Jeyms Uebb” teleskopi yordamida kuzatuvlarni davom ettirişni rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq NASA Floridadagi Kennedi nomidagi kosmodromdan qiymati taxminan 4 milliard dollarga teng yangi “Nancy Grace Roman Space Telescope” kosmik teleskopini fazoga uçirgani haqida xabar berilgan edi.