USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qirğizistonda 50 yilda örmonlarning qariyb 90 foizi yöq bölib ketdi

49 марта
Қирғизистонда 50 йилда ўрмонларнинг қарийб 90 фоизи йўқ бўлиб кетди

Qirğiziston sönggi 50 yilda örmon qoplamining qariyb 90 foizidan ayrilgan. Bu haqda mamlakatning 2035 yilgaça möljallangan Milliy moslaşuv rejasi loyihasida söz boradi.

Qayd etilişiça, örmonlarning qisqarişi nafaqat ekologik muammo, balki sel va köçki xavfining ortişi, suv havzalari holatining yomonlaşişi hamda yöllar, köpriklar va qişloq xöjaligi hududlariga yetkaziladigan zararning köpayişiga ham olib kelmoqda.

Hujjatda örmonlar va toğ ekotizimlari davlatning tabiiy infratuzilmasi sifatida baholangan. Ular toğ yonbağirlarini mustahkamlab, suv oqimini tartibga soladi va kuçli yoğingarçiliklarning vayronkor tasirini kamaytiradi.

Rejaga köra, 2035 yilga qadar degradatsiyaga uçragan suv havzalari, yonbağirlar va örmon hududlarining kamida 150 ming gektarini tiklaş yoki barqarorlaştiriş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, ustuvor suv havzalarining kamida 60 foizida örmonlarni tiklaş, yonbağirlarni mustahkamlaş va tabiatga asoslangan boşqa çoralarni amalga oşiriş közda tutilgan.

Şuningdek, sel va köçki xavfi yuqori bölgan hududlarda yangi obektlarni barpo etişda atrofdagi ekotizimlarning holatini inobatga oliş taklif qilinmoqda. Bunday hududlarda obektlarni loyihalaşdan oldin ekotizimning tabiiy himoya buferi baholanişi talab etiladi.

2035 yilgaça zaif toğ va örmon ekotizimlarining kamida 80 foizini monitoring bilan qamrab oliş, ustuvor hududlarda esa ekotizimlarni tiklaş böyiça kamida 40 ta namunali maydon taşkil etiş rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov Çuy viloyatidagi balandligi 4050 metr bölgan nomsiz toğ çöqqisiga “Şanxay hamkorlik taşkiloti çöqqisi” nomini beriş töğrisidagi farmonni imzolagan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: