Volkswagen 50 mingta iş örnini qisqartirmoqçi
Volkswagen kompaniyasi xarajatlarni kamaytiriş maqsadida 50 mingta iş örnini qisqartiriş va avtomobil modellarining qariyb yarmini işlab çiqarişni töxtatişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi Yevropada Xitoy avtomobillari bilan raqobat kuçaygani va AQŞga avtomobil eksporti uçun bojlar joriy etilgani sabab qiyinçiliklarga duç kelmoqda.
Kompaniya Germaniyadagi zavodlarida yiliga 500 mingtagaça avtomobil işlab çiqariş böyiça ortiqça quvvat mavjudligini aniqlagan. Biroq qaysi zavodlar yopilişi yoki aynan qaysi iş örinlari qisqartirilişi hozirça malum qilinmagan.
Şuningdek, Volkswagen avtomobillaridagi modellar va ularning variantlari sonini kamaytirişni rejalaştirmoqda. Kompaniya avtomobillar işlab çiqarişdagi “murakkablik”ni 75 foizga qisqartirmoqçi.
Volkswagen’ning Germaniyadagi xodimlari soni 2023 yildagi 275 ming nafardan 2026 yil iyuniga kelib 254 ming nafargaça kamaygan. Bundan taşqari, AQŞning import bojlaridan kompaniya joriy yilda 4,7–5,8 milliard dollar atrofida zarar körişi mumkin. Kompaniya esa kamroq model işlab çiqariş orqali xarajatlarni kamaytiriş va samaradorlikni oşirişni rejalaştirmoqda.
“Bizga tobora kuçayib borayotgan global raqobat şaroitida sanoat bazamizni mustahkamlaydigan raqobatbardoş muhit va savdo siyosati kerak”, degan Quyi Saksoniya Boş vaziri Olaf Lies.
Malumotlarga köra, Volkswagen elektromobillar bozorida ham qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Kompaniya AQŞ bozori uçun möljallangan ID.4 elektromobilini işlab çiqarişni aprel oyida töxtatgan. Yevropada esa Xitoy işlab çiqaruvçilarining elektromobillari savdosi ortib bormoqda.