Turkmanistonda sönggi 45 yilda harorat rekord darajaga yetdi
Turkmanistonda sönggi 45 yil davomida örtaça harorat 1,6 darajaga oşdi. Bu haqda “Turkmenportal” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Markaziy Osiyo iqlim özgarişining salbiy oqibatlariga qarşi kuraşişda jiddiy muammolarga duç kelmoqda. Xususan, iqlim özgarişining suv bilan boğliq ofatlarga tasiri mintaqadagi asosiy tahdidlardan biri sifatida baholangan.
Sönggi 45 yilda Qirğizistonda harorat 1 daraja, Qozoğiston va Özbekistonda 1,4 daraja, Tojikistonda esa 0,7 darajaga oşgan.
Global isişning mintaqadagi eng jiddiy oqibatlaridan biri – muzliklarning erişi va ular örnida muzlik köllarining paydo bölişi. Hozirda Markaziy Osiyoda muzliklar hajmi yiliga 0,2 – 1 foizga qisqarmoqda.
Muzliklarning erişi natijasida muzlik köllarining paydo bölişi ularning yorilib ketişi ortidan sel va suv toşqinlari xavfini oşirmoqda. Bu esa toğli hududlardagi aholi, infratuzilma va daryo vodiylarida joylaşgan obektlarga tahdid soladi.
Malumotlarga köra, sel, suv toşqinlari va toşqinlar Markaziy Osiyodagi ikkinçi eng katta xavf hisoblanadi. Ayniqsa, mintaqaning eng yirik transçegaraviy daryolari – Amudaryo va Sirdaryo havzalarida bunday tabiiy ofatlar tez-tez kuzatiladi.
2005 yildan buyon suv sathi yuqori bölgan yillar soni 1,2–1,4 baravarga, haddan taşqari yuqori suv sathi kuzatilgan yillar esa 2–2,5 baravarga köpaygan.
Şuningdek, sönggi ön yilliklarda sellar soni ham ortgan. Mutaxassislar sellar takrorlanişini yoğingarçilik köp va quruq yillar almaşinuvi bilan boğliq ekanini qayd etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonning Çimkent şahrida joriy yilning iyul oyida havo harorati 45,2 darajagaça kötarilib, 111 yil avval örnatilgan rekord yangilangani haqida xabar berilgan edi.