Jazirama, qurğoqçilik va kuçli jala: insoniyatni sinovli yil kutmoqda
Joriy yildagi El-Nino barça kuzatuvlar tarixidagi eng kuçlisiga aylanişi hamda qurğoqçilik, kuçli jala va boşqa ekstremal ob-havo xavfini oşirişi mumkin. Bu haqda Jahon meteorologiya taşkilotiga (JMT) tayanib, “Reuters” xabar berdi.
JMT prognoziga köra, hodisa 2026 yilning oxiriga borib öz çöqqisiga yetadi. Mutaxassislar uning 2027 yilning fevraligaça saqlanib qoliş ehtimolini qariyb 100 foizga baholamoqda. Taşkilot ilk bor bunday prognozni yuqori işonç bilan bermoqda.
“Agar bu tendentsiya saqlanib qolsa, El-Nino kuzatuvlarimiz boşlanganidan beri eng kuçlisiga aylanişi mumkin”, deydi JMT boş kotibi Selesta Saulo.
Malumot uçun, El-Nino – Tinç okeanining markaziy va şarqiy qismida ekvator yaqinidagi sirtqi suvlarning davriy ravişda isib ketişidir. U örtaça 2 yildan 7 yilgaça bölgan oraliqda bir marta yuzaga keladi va odatda 12 oygaça davom etadi. Doimiy şamollar susayganda, iliq suv şarqqa qarab tarqaladi. Bu havo massalarining harakatini va yoğingarçilikning taqsimlanişini özgartiradi: bazi mintaqalarda qurğoqçilik kuçayadi, boşqalarida esa kuçli yomğirlar yoğadi.
31 avgust holatiga köra, El-Nino kuzatuv zonasida suv sirtining harorati köp yillik örtaça körsatkiçdan 2,6 darajaga yuqori bölgan. Suniy yöldoş kuzatuvlari davridagi avvalgi rekord 2015 yilda qayd etilgan – öşanda meyordan oşiş 3,1 darajani taşkil etgan. 14 ta modelning örtaça prognoziga köra, noyabr oyida suv meyordan taxminan 4 darajaga issiqroq bölişi mumkin.
Agar prognoz öz tasdiğini topsa, joriy El-Nino kamida oxirgi ming yildagi eng kuçlisiga aylanişi mumkin, deb hisoblaydi iqlimşunos Zik Xausfater. Bu baholaş olimlar ötmiş iqlimini qayta tiklaşda foydalanadigan marjonlar, daraxtlarning yillik halqalari va tarixiy hujjatlarni örganişga asoslangan.
El-Nino tabiiy ravişda yuzaga keladi, biroq iqlim özgarişi bilan boğliq okeanning isişi uning oqibatlarini kuçaytirişi mumkin. Markaziy Amerikada bu hodisa allaqaçon keng kölamli hosil yöqotişlariga va oğir oziq-ovqat inqiroziga olib kelgan.
BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi baholaşiça, El-Nino tufayli 2027 yilning oxiriga borib yana kamida 49 million kişi keskin oziq-ovqat tanqisligiga duç kelişi mumkin. Prognoz 45 ta xavf ostidagi mamlakatni qamrab oladi. Eng oğir oqibatlar Markaziy Amerikaning ayrim hududlarida va Afrika janubida kutilmoqda.
El-Ninoning global haroratga tasiri keçikiş bilan namoyon böladi, şu sababli u hodisa çöqqisi ötganidan keyin ham saqlanib qoladi. 2023–2024 yillardagi holat 2024 yilning rekord darajada issiq bölişiga sabab bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq olimlar dunyo okeanida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori haroratni qayd etgani haqida xabar berilgan edi.