Boliviyada harbiy texnika markazi portlab ketdi. Qurbonlar bor
Boliviyaning Viyaça şahridagi harbiy texnika markazida pirotexnika vositalari portlaşi oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 81 kişi jarohatlandi. Yana yetti kişi bedarak yöqoldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Malum qilinişiça, portlaş joriy yilning 30 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:30 atrofida La-Pas şahridan 30 kilometr uzoqlikdagi, artilleriya polki joylaşgan harbiy kazarmada sodir bölgan.
Boliviya Mudofaa vaziri Ernesto Xustiniano portlaşga “pirotexnik material” sabab bölganini bildirgan. Rasmiylar esa qurbonlar soni ortişi mumkinligidan xavotirda. Şuningdek, mahalliy soğliqni saqlaş rasmiysi Rita Nebraska hodisada 10–15 kişi halok bölgan bölişi mumkinligini aytgan.
Portlaş oqibatida kazarma yaqinidagi önlab uylar zarar körgan. Qutqaruvçilar vayronalar ostida odamlarni qidirişni davom ettirmoqda.
Şuningdek, hududda yana portlaş sodir böliş xavfi mavjudligi sababli aholi harbiy baza hududidan kamida 150 metr uzoqlikda bölişga çaqirilgan.
Politsiya vakili Rojer Rokaning aytişiça, kazarmada muşakbozlik vositalari saqlangan. Portlaşning aniq sababi hozirça aniqlanmagan.
Boliviya Prezidenti Rodrigo Pas halok bölganlar va jarohatlanganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. U hodisa yuzasidan “puxta, texnik va şaffof tergov” ötkazilişini malum qilgan.
Bundan taşqari, Viyaça şahri mamuriyati hodisa munosabati bilan 3 kunlik motam elon qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kolumbiyaning markaziy qismida joylaşgan Kundinamarka departamentidagi kömir konida portlaş sodir bölib, olti nafar konçi halok bölgan edi.