USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nega xotira yoş ötgani sari yomonlaşib borişi malum böldi

235 марта
Нега хотира ёш ўтгани сари ёмонлашиб бориши маълум бўлди

Olimlar yoş ötgan sari xotiraning yomonlaşib borişi şunçaki unutuvçanlik tufayli emas, balki miya alohida voqealarni aniq “qayta jonlantirişni” töxtatib, ularni bir-birini qoplaydigan umumiy kategoriyalarga aralaştirib yuborişi sababli yuz berişini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot “Cerebral Cortex” (CC) jurnalida elon qilindi.

Qayd etilişiça, epizodik xotiralarni – muayyan voqea-hodisalar haqidagi xotiralarni saqlaş uçun gippokamp javob beradi. Biror narsani yodga olganimizda, u eslab qoliş vaqtida hosil bölgan asab boğlanişlari (neyron zanjirlari) sxemalarini qayta faollaştiradi. Olimlar keksa odamlarda xotiralarning xiralaşişiga aynan uşbu “qayta jonlantiriş” jarayonidagi uzilişlar sabab böladi, degan taxminni ilgari surmoqda.

Bingxemton universitetidan Ian Makdono rahbarligidagi tadqiqotçilar uç xil yoş toifasidagi 61 nafar köngillini taklif qilgan: 17 nafar yoşlar (18–30 yoş), 21 nafar örta yoşlilar (50–60 yoş) va 23 nafar keksalar (61–74 yoş). Iştirokçilar juft qilib körsatilgan yuzlarni eslab qolgan. Bu vaqtda ularning miyasi örganiş, dam oliş va esga tuşiriş bosqiçlarida funktsional MRT usuli orqali skaner qilingan.

Malum bölişiça, yoşlarda neyron sxemalarining mos kelişi javobning aniqligini körsatgan bölsa, keksalarda aksinça, kategoriyalar darajasidagi xatoliklarga olib kelgan: miya umumiy turni “tanigan”, ammo detallarni adaştirib yuborgan. Oqibatda yoşlar juftliklarni 36 foiz holatda töğri aniqlagan bölsa, keksalarda bu körsatkiç bor-yöği 20 foizni taşkil etgan. Miya işidagi farqlar yoş bilan boğliq xotira pasayişining taxminan 30 foizini izohlagan.

Mualliflarning sözlariga köra, gap xotiraning “öçib ketişida” emas, balki miya detallarni yöqotib, ularni umumlaşgan holda saqlay boşlaşida. Uşbu mexanizmni tuşuniş keksalikda xotira aniqligini uşlab turiş usullarini, masalan miyani öxşaş voqealarni yaxşiroq farqlaşga örgatadigan maşğulotlarni işlab çiqişga yordam berişi mumkin.

Mualliflar tajribani umumlaştirişning özi nuqson emasligini bildirgan: köplab voqealardan umumiy qoidani ajratib oliş qobiliyati qaror qabul qilişga yordam beradi. Muammo faqat şundaki, yoş ötişi bilan muvozanat xiralaşgan kategoriyalar tomoniga suriladi va konkret detallar yöqoladi. Olimlar yangi malumotlar xotiraning normal yoşga oid “umumlaşişini” dementsiyaning ilk belgilaridan farqlaşga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq doimiy moliyaviy qiyinçiliklar 53 yoşga borib fikrlaş tezligining pasayişiga va xotira susayişiga olib kelişi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: