Maşhur teleboşlovçi ölimga hukm qilindi
Keça, 5 sentyabr kuni Misrda sud teleboşlovçi Sara Halifa va jinoyat işi böyiça yana 11 nafar ayblanuvçini giyohvandlik vositalarini işlab çiqariş va sotişda ayblab, ölim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Al-Ahram” xabar berdi.
Naşr malumotlariga köra, ayblanuvçilar giyohvand moddalarni işlab çiqariş uçun xomaşyo xarid qiliş va ularni keyinçalik sotiş bilan şuğullangan uyuşgan jinoiy guruh tuzişda ayblangan. Bundan taşqari, ularga öqotar qurolni noqonuniy saqlaş ayblovi ham qöyilgan.
Qayd etilişiça, tergov davomida hukumat tomonidan 750 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari va ularni tayyorlaş uçun xomaşyo musodara qilingan. Huquq-tirtibot idoralari xodimlari, şuningdek, narkolaboratoriya sifatida jihozlangan ikkita xonadon va öq-dorilari bölgan litsenziyasiz qurol-aslaha arsenalini topgan.
“Aybdor deb topilgan Halifa va boşqa sudlanuvçilar hukm ustidan şikoyat qiliş huquqiga ega”, deyiladi xabarda.
“Al-Ahram”ning aniqlik kiritişiça, Halifa 2025 yilning aprel oyida Qohirada hibsga olingan. U bir neçta kanallarda teleboşlovçi bölib işlagan va Misrda maşhur media şaxsi bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Hindiston sudi maşhur “Tehelka” jurnalining sobiq boş muharriri Tarun Tejpalni hamkasbini zörlaganlikda aybdor deb topgan edi.