AQŞ Hormuz böğozini keçalari minalardan tozaladi – FT
AQŞ tört oy davomida Hormuz böğozini keçalari minalardan tozalaş işlarini olib bordi. Bu haqda operatsiya borişidan xabardor manbalariga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.
“Sönggi oylarda AQŞ Hormuz böğozida Eron bilan javob zarbalarini almaşayotgan bir paytda, ular uşbu tor va strategik muhim suv yölida ança xufiyona operatsiyani ham amalga oşirişdi. Asosan keçalari xavfli böğozga AQŞ Harbiy-deniz kuçlari (HDK) maxsus topşiriqli kuçlari ğavvoslari, robotlaştirilgan katerlar va ixtisoslaştirilgan suvosti apparatlari tört oylik minalardan tozalaş missiyasini ötkaziş uçun yuborilgan”, deyiladi gazeta xabarida.
Naşr malumotlariga köra, operatsiya asosan sutkaning qoranği vaqtida olib borilgan. AQŞ HDK ğavvoslari şişirilma bortli kiçik suziş vositalaridan foydalangan holda kiçik guruhlar tarkibida harakat qilgan. Ular minalarni şatakka olinadigan gidroakustik antenna panjaralari bilan jihozlangan robotlaştirilgan katerlar va suv osti apparatlari yordamida aniqlagan.
Gazeta AQŞ HDKning istefodagi kapitani Bill Xembletning sözlaridan iqtibos keltirgan: u odatda mina aniqlanganda ğavvoslar suvga tuşib, uni yöq qiliş uçun ustiga portlovçi modda örnatişini takidlagan. Bunday operatsiyalarda minalarni yöq qiliş uçun suv osti robotlaridan ham foydalanilişi mumkin. “Financial Times”ning yozişiça, aynan minalardan tozalaş bilan boğliq holda amerikalik harbiylar orasida yöqotişlar qayd etilmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ va Eron javob zarbalarini almaşgani haqida xabar berilgan edi. Bu bir oylik nisbiy sukunatdan söng bir hafta oldin harbiy harakatlar qayta boşlanganidan beri amalga oşirilgan navbatdagi hujumlar raundi bölgan.