Nepalda yöqolganiga 10 kun bölgan ayol janozasi öqilayotgan paytda topildi
Nepalda vayronkor sel oqibatida halok bölgan deb hisoblangan Çandika Kumari Şrestxa 10 kundan söng vayron bölgan uyi ostida tirik holda topildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, keksa ayolning oilasi uning halok bölganiga işonib, motam marosimlarini boşlagan. Biroq qutqaruvçilar mamlakatdagi eng köp zarar körgan hududlardan biri – Betravati qişloğida vayron bölgan uyi orasidan uning ovozini eşitib, tirikligini aniqlagan.
Politsiya xodimi Mahendra Darnalning aytişiça, tört qavatli uy sel oqimida oqib ketgan va uning qoldiqlari qumloq hamda loy ostida qolgan. Qutqaruvçilar hududni közdan keçirayotganda “meni qutqaring” degan ovozni eşitgan.
Manbaga köra, Şrestxani qutqariş operatsiyasi 45 daqiqa davom etgan. U vayronalar orasida havo saqlanib qolgan tor böşliqda tirik qolgan va keyin harbiy gospitalga olib ketilgan.
“Men uning oilasi bilan aloqada edim va ular 11 kunlik motamni boşlab bölgan edi”, degan Darnal.
Betravati seldan eng köp zarar körgan hududlardan biri bölib, yuzlab odamlar bedarak yöqolgan. Qişloq bozori va köplab turar joy binolari, ayrimlari tört qavatli bölgan, vodiy böylab oqib kelgan sel va loy ostida deyarli butunlay qolib ketgan.
Qutqaruvçilar maxsus boş kiyimlarda belkuraklar bilan vayronalarni kavlamoqda. Ayrimlari binolar qoldiqlari orasidagi tor joylarga kirib, hali tirik odamlar bor-yöqligini aniqlaş uçun vaqti-vaqti bilan huştak çalmoqda.
Şrestxa topilişidan beş kun avval Betravati bozoridagi bir binodan 24 kişining jasadi topilgan. Politsiya malumotiga köra, ularning jasadlari ança çirib ketgan holda bölgan.
Fojiaga muzlikning yemirilişi sabab bölgan sellardan 11 kun ötganiga qaramay, Nepalda qutqaruv işlari davom etmoqda. Mamlakat böylab ofat oqibatida 1 300 dan ortiq kişi halok bölgan, qariyb 5 ming kişi hanuz bedarak hisoblanmoqda.
Ayrim hududlarda daryolar oqimi jasadlarni vayrongarçilik sodir bölgan Rasuva tumanidan yuzlab kilometr uzoqlikka olib ketgan. Çitvanda esa şaxsi aniqlanmagan va qattiq çirigan jasadlar ommaviy dafn etilmoqda.
Nepaldagi sel ofati davomida ğayrioddiy şaroitlarda tirik qolgan boşqa odamlar ham aniqlangan. Ular orasida daraxtlarga çiqib jon saqlagan 8 yoşli bola ham bor.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nepalda joriy yilning 26 avgust kuni yuz bergan muzlik qulaşi va sel oqibatida gidroelektr stantsiyasi tunnelida qolib ketgan ikki işçi töqqiz kundan söng tirik holda qutqarilgandi.