Kurskda Rossiyaning ikkita qiruvçi samolyoti töqnaşib ketdi
Bugun, 7 sentyabr kuni Ukrainaga çegaradoş havo hududida Rossiya Aerokosmik kuçlarining jangovar aviatsiyasi iştirokida jiddiy aviahalokat sodir böldi. Kursk viloyati osmonida parvoz topşiriğini bajariş çoğida “4++” avlodiga mansub ikkita Su-35S köp maqsadli qiruvçi samolyoti özaro töqnaşib ketgan. Bu haqda “Avia.pro” xabar berdi.
Qayd etilişiyaa, maxsus xizmatlar va tegişli idoralar ayni paytda favqulodda vaziyatga olib kelgan hodisaning texnik omillari va bevosita sabablarini atrofliça aniqlamoqda. Ekipajlarning hozirgi ahvoli va aviatsiya texnikasining şikastlaniş darajasi haqidagi malumotlarga aniqlik kiritilmoqda.
Malumotlarga qaraganda, Su-35S qiruvçi samolyotlari joriy vaziyat doirasida havo hududini kuzatiş va quruqlikdagi bölinmalarni himoya qiliş böyiça vazifalarni bajarayotgan bölgan.
“Bu kabi zamonaviy jangovar samolyotlar jarayonlarning yuqori darajada avtomatlaştirilgani bilan ajralib turadi, biroq jangovar navbatçilik şaroitida öta yaqin masofada murakkab manyovrlarni bajariş har doim yuqori xavf-xatarga sabab böladi”, deyiladi xabarda.
Mutaxassislarning bildirişiça, hodisani tergov qiliş bilan mudofaa idorasining maxsus komissiyasi şuğullanadi. Ekspertlar voqealar xronologiyasini töliq tiklaş hamda töqnaşuv murakkab meteorologik şaroit, texnik nosozlik yoki inson omili sababli yuz berganini aniqlaş uçun “qora quti” malumotlari va radiolokatsiya stantsiyalari körsatkiçlarini atrofliça örganib çiqadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Gretsiya şarqida aviaşou vaqtida F-4 Phantom qiruvçi samolyoti halokatga uçragan edi.