Kiyev qiş uçun oziq-ovqat va suv ğamlaşni boşladi
Kiyevda qişda elektr energiyasi uzoq vaqtga öçib qolişi va boşqa favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik köriş maqsadida oziq-ovqat hamda içimlik suvi zaxiralarini şakllantirilmoqda. Bu haqda “RBK-Ukraina“ Kiyev şahar davlat mamuriyatiga tayanib xabar berdi.
Malum qilinişiça, uşbu zaxiralar yordamida 25 ming kişiga issiq ovqat tarqatiş imkoniyati yaratiladi. Şahar hokimligi oziq-ovqat mahsulotlarini birinçi navbatda kam taminlangan fuqarolarga berilişini bildirgan. Tayyorlanayotgan zaxiralar elektr taminotida uzoq muddatli uzilişlar yuz berganda “Bardoşlilik punktlari”da, favqulodda vaziyatlardan jabrlangan aholiga yordam körsatişda hamda avariya-qutqaruv işlariga jalb etilgan xodimlarni taminlaşda işlatiladi.
Şu bilan birga, Kiyev rasmiylari qöşimça ravişda yana 20 mingta oziq-ovqat töplamini xarid qilişni rejalaştirmoqda.
Bundan bir neça kun avval Kiyev mamuriyati qiş mavsumida aholining eng zaif qatlamlari uçun vaqtinçalik joylaştiriş punktlari tayyorlanganini ham malum qilgan. Ularga qişki joylaştiriş böyiça 1 300 dan ortiq yolğiz keksalar, nogiron farzandlari bor qariyb 400 ta oila va 500 nafar nogironligi bölgan şaxsdan ariza kelib tuşgan.
Kiyev şahar davlat mamuriyati rahbari örinbosari Oleg Kuyavskiyning aytişiça, yordam birinçi navbatda kam taminlangan kiyevliklar va oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan fuqarolarga yetkaziladi.
Ukraina energetika vaziri Denis Şmigal avgust oyida Rossiya harbiylari kelayotgan qişda nafaqat energetika tizimlariga, balki suv taminoti tizimlariga ham zarba berişi mumkinligini aytgan.
“Avvalgi qişda ular elektr tarmoqlari va isitiş tizimlariga zarba bergan, biroq elektr öçgan paytda gaz va suv bölsa, yaşab qoliş mumkin edi. Suv va kanalizatsiyasiz 3 kundan ortiq çidaş nihoyatda qiyin”, degan Şmigal.
Şu bilan birga, Ukraina Prezidenti huzuridagi mudofaa texnologiyalari yönalişi böyiça maslahatçi Sergey Beskrestnov qişda mamlakatda oziq-ovqat yoki yonilği ommaviy tanqisligi kutilmayotganini bildirgan. Uning sözlariga köra, asosiy xavf energetika obektlariga berilişi mumkin bölgan zarbalar bilan boğliq.
U aholini generator va pauerbanklarni narxlar oşişidan oldin xarid qilişga çaqirgan.
Ayni paytda Ukrainada qand lavlagi ekilgan maydonlar mamlakat mustaqillikka erişganidan beri eng past körsatkiçga tuşgan. Joriy yilda uşbu ekin 162 ming gektar maydonga ekilgan. Bunga uruş emas, jahon bozorida şakarning arzonlaşgani sabab bölgan. Şu bois yaqin marketing yilida şakar tanqisligi kutilmayapti.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uruş qişda ham davom etişi mumkinligini aytgan edi.