Hozirda dunyo böylab avj olayotgan uruşlar soni aytildi
Bugun dunyoda 60 dan ortiq qurolli mojaro davom etmoqda, bu Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan beri kuzatilmagan darajadir. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti xabar berdi.
Qayd etilişiça, BMTning inson huquqlari böyiça Oliy komissari Folker Tyurk Jenevadagi Inson huquqlari kengaşida sözga çiqib, qurolli mojarolar soni ortib borayotgani va xalqaro huquqning zaiflaşayotganidan jiddiy xavotir bildirgan.
U, şuningdek, suniy intellektdan harbiy maqsadlarda, ayniqsa inson aralaşuvisiz odam hayotiga qasd qiliş töğrisida qaror qabul qila oladigan qurollarni işlab çiqişda foydalanilayotganiga etibor qaratgan.
Tyurk suniy intellekt ustidan nazoratni kuçaytiriş böyiça çaqiriqlarni qöllab-quvvatlagan. Uning takidlaşiça, bu inqilobiy texnologiya nazoratsiz qoldirilsa, “insoniyat uçun ekzistentsial tahdid”ga aylanişi mumkin.
Oliy komissar suniy intellekt tizimlari kelajakda şu qadar kuçayib ketişi mumkinki, ularni işlab çiqqan mutaxassislar ham nazorat qila olmay qolişi ehtimolidan ogohlantirgan.
“Sinov muhitidan taşqariga çiqib ketadigan yoki işlab çiquvçilarni özini öçirişga yöl qöymaslik uçun şantaj qiladigan suniy intellekt – haddan taşqari kuçli SIdir”, degan Tyurk.
U mamlakatlarni suniy intellekt texnologiyalari joylaşgan hududlar hamda uşbu texnologiyalar taminot zanjirlarida iştirok etayotgan davlatlar bilan birgalikda yangi texnologiyaning tarqalişiga aniq çegaralar belgilaşga çaqirgan.
Tyurk, şuningdek, suniy intellekt xavfsizligi va himoyasini taminlaydigan qatiy kafolatlarni keç bölmasidan oldin işlab çiqiş zarurligini takidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq BMT Inson huquqlari böyiça global alyans tuzayotgani xabar qilingandi.