Avstriyada 14 yoşgaça bölgan qizlarga hijob taqiqlanib, jarima belgilandi
Avstriyada yangi öquv yili boşlanişi bilan 14 yoşga tölmagan qizlarning maktablarda hijob va boşqa ananaviy römollarni öraşi taqiqlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilişiça, yangi qonun mamlakatdagi davlat va xususiy maktablarga tatbiq etiladi. Hukumat mazkur çeklovni gender tengligini taminlaş hamda yoş qizlarni himoya qiliş çorasi sifatida baholagan.
Avstriya Integratsiya vaziri Klaudiya Bauerning aytişiça, römol qizlarni bolalikdan nazorat qiliş va ularni zulm ostida qoldiriş belgisi hisoblanadi.
Biroq qonunga qarşi çiqqanlar uni musulmonlarga nisbatan salbiy munosabatni kuçaytirişi va Konstitutsiyaga zid bölişi mumkinligini aytmoqda. Avstriya Islom jamoati ham taqiqni keskin qoralab, uni diniy erkinlik huquqini çeklaydigan çora deb atagan.
Qonunga köra, maktab öqituvçilari römol öragan öquvçi bilan uning qonuniy vakillari iştirokida bir neça marta suhbat ötkazişi kerak. Qoida takroran buzilsa, bolalarni himoya qiliş xizmatlari xabardor qilinadi. Eng sönggi çora sifatida ota-ona yoki vasiylarga 800 yevrogaça jarima solinişi mumkin.
Avstriya Konstitutsiyaviy sudi 2020 yilda boşlanğiç maktablarda römol öraşni taqiqlovçi avvalgi qonunni diniy betaraflik tamoyiliga zid deb topib, bekor qilgan.
Ayni paytda mamlakatdagi öta öngçi Ozodlik partiyasi amaldagi taqiqni yetarli emas deb hisoblab, maktablarda öquvçilar va öqituvçilar uçun römol hamda yuzni berkituvçi kiyimlarni töliq taqiqlaşni talab qilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2025 yilning avgust oyida Avstriyaning Yoşlar va oila işlari böyiça vaziri Klaudiya Plakolm Avstriya matbuot agentligiga bergan intervyusida 14 yoşgaça bölgan maktabda tahsil olayotgan öquvçi qizlarga hijob öraşni taqiqlamoqçi ekanini aytgan edi.