Makron Yevropa Ittifoqiga bolalar masalasida taklif bilan çiqdi
Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqida 15 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini taqiqlaşni taklif qildi. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.
Naşrga köra, Makron joriy yilning 29 avgust kuni Yevrokomissiya Prezidenti Ursula fon der Lyayenga yöllagan maktubida Yevropa Ittifoqi miqyosida bunday taqiqni joriy etiş uçun yangi qonunçilik işlab çiqişga çaqirgan. Uning maktubi “Reuters“ va boşqa OAVlar tomonidan körilgan.
Makronning sözlariga köra, Frantsiyada 15 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklaşga qaratilgan qonun loyihasi mamlakat Konstitutsiyaviy kengaşi tomonidan yozda rad etilgan. Şu sababli, bu masalani Yevropa Ittifoqi darajasida hal qiliş zarur.
“Endilikda Yevropa Ittifoqidagi barça bolalarni himoya qiliş uçun 15 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirişini taqiqlaşni yangi Yevropa qonunçiligi orqali uyğunlaştiriş muhim“, deb yozgan Makron.
Malumotlarga köra, Avstraliya ötgan yili bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqlaş böyiça qonun qabul qilganidan keyin Yevropaning bir qator davlatlari ham yoşlar uçun bunday çeklovlarni körib çiqmoqda. Bunga ijtimoiy tarmoqlarning yoşlarning ruhiy salomatligi va xavfsizligiga tasiri borasidagi xavotirlar sabab bölmoqda.
Biroq ayrim davlatlar, ayniqsa Skandinaviya mamlakatlari, bunday qarorni hukumat emas, ota-onalar qabul qilişi kerak, deb hisoblamoqda.
Frantsiya Prezidenti sifatidagi vakolati yakuniga bir yil qolgan Makron bu masalani 2027 yilda bölib ötadigan prezidentlik saylovlari oldidan ustuvor yönalişlardan biriga aylantirgan. U boşqa Yevropa Ittifoqi davlatlarini ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişga nisbatan qatiy çeklovlarni qöllab-quvvatlaşga çaqirmoqda.
Ursula fon der Lyayen iyul oyida Yevropa Ittifoqining 27 davlatida yoş bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirişini çeklaş rejalaştirilayotganini aytgan. Ikki ekspert taklif qilgan tizimga köra, 13 yoşgaça bölgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan faqat çeklangan va nazorat ostida foydalanişga ruxsat berilişi, bola ulğaygani sari çeklovlar bosqiçma-bosqiç yumşatilişi mumkin.
Makron esa bundan ham qatiyroq çorani taklif qilmoqda – 15 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni töliq taqiqlaş. U bu taşabbusni fon der Lyayenning şu oy oxirida Yevroparlamentda qilişi kutilayotgan Yevropa Ittifoqining yillik murojaati oldidan ilgari surmoqda.
Eslatib ötamiz, Frantsiya Konstitutsiyaviy kengaşi 15 yoşga tölmaganlar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqlaşni nazarda tutgan qonun loyihasini söz va muloqot erkinligi hamda şaxsiy hayot daxlsizligiga zid deb topib, rad etgan edi.