USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Savdo uruşi: AQŞ Kanadadan alkogol va mototsikl importini taqiqladi

41 марта
Савдо уруши: АҚШ Канададан алкоголь ва мотоцикл импортини тақиқлади

AQŞ joriy yilning 29 sentyabridan Kanadadan keng turdagi alkogol mahsulotlari, mototsikllar va ayrim sut mahsulotlarini import qilişni taqiqlaydi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.

Oq uy saytida elon qilingan yangi çoralar AQŞ va Kanada örtasidagi savdo nizosining yanada keskinlaşganini körsatmoqda. Taqiqlar Kanada tomonidan AQŞ tovarlariga joriy etilgan javob tariflari kuçga kirganidan bir neça soat ötib elon qilindi.

Kanada hukumati AQŞning ötgan oyda qariyb 20 milliard dollarlik Kanada tovarlariga 50 foizlik tarif joriy qilganidan söng qarşi çoralar körgan. Ottavaning yangi tariflari pölat, mebel, kiyim-keçak va elektronika kabi mahsulotlarga nisbatan 15 foizdan 50 foizgaça bölgan bojlarni qamrab oladi.

AQŞning yangi taqiqlari esa pivo va turli xil şaroblardan taşqari viski, burbon, rom, araq, vermut, tekila, meskal va brendi kabi alkogol mahsulotlarining aksariyatiga taalluqli bölişi mumkin. Sut mahsulotlari böyiça esa zardob proteini, invert va şakarqamiş melassasi hamda alkogolsiz pivo import qilinişi taqiqlanadi.

Şuningdek, ayrim pişloq mahsulotlari import taqiqiga emas, balki 50 foizlik tarif qöllanadigan mahsulotlar röyxatiga kiritildi. Qoğoz, alyuminiy, yoğoç, mebel va yoritiş mahsulotlarining ayrim turlariga ham qöşimça tariflar belgilandi.

AQŞ rasmiylaridan biri Prezident Donald Trampning Kanadadan import qilinadigan avtomobil mahsulotlariga tarifni 25 foizdan 50 foizga oşiriş tahdidi hamon kuçda ekanini aytgan. Bu çora 2027 yil 1 yanvardan amalga kirişi mumkin.

Kanada Boş vaziri Mark Karni savdo nizosi şaroitida mamlakat AQŞga iqtisodiy qaramlikni kamaytirişga harakat qilişini bildirgan.

“Bizda yönalişimizni özgartiriş va taraqqiy etiş uçun kerak bölgan barça narsa bor. Bu özgarişning qiymati böladi, ammo harakat qilmaslik narxidan ança past”, degan Karni.

Kanada Savdo vaziri Dominik Leblan AQŞ savdo vakili Jeymison Grir bilan aloqada ekanini bildirib, Vaşingtonning yangi çoralarini tanqid qilgan. Uning takidlaşiça, hukumatning asosiy maqsadi Kanada işçilari, fermerlari, oilalari va kompaniyalarini AQŞning “asossiz harakatlari”dan himoya qilişdir.

Ikki davlat örtasidagi nizo Şimoliy Amerikadagi erkin savdoni taminlab kelgan AQŞ – Meksika – Kanada kelişuvining kelajagi borasida ham xavotirlarni kuçaytirmoqda. Mutaxassislar tariflar yanada oşirilişi ikki mamlakat iqtisodiyoti uçun salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Kanadadan AQŞga eksportning qariyb 68 foizi joriy yilda AQŞ bozoriga yönaltirilgan. Ularning taxminan 80 foizi USMCA kelişuvi doirasida bojsiz amalga oşirilgan.

Tramp sönggi kunlarda Kanadaga nisbatan tanqidlarini kuçaytirdi. U, xususan, Kanadadagi Bombardier samolyot işlab çiqaruvçisi AQŞda samolyot sotişni davom ettirişi uçun işlab çiqarişni mamlakat hududiga köçirişi kerakligini aytdi.

Şuningdek, Tramp Kanada va Meksikani AQŞ bayroği bilan qoplangan Şimoliy Amerika xaritasini tarqatgan hamda Karnini yana “gubernator” deb atagan. Bu uning Kanada AQŞning 51-ştatiga aylanişi kerakligi haqidagi avvalgi bayonotlariga işora böldi.

Malumot örnida, “Reuters/Ipsos” söroviga köra, amerikaliklarning atigi 20 foizi Tramp mamuriyatining Kanada tovarlariga tariflarini qöllab-quvvatlagan.

Eslatib ötamiz, Kanada AQŞ bilan savdo muzokaralari töxtab qolgaç, AQŞ tovarlariga javob tariqasida joriy etgan tariflarini 8 sentyabr kuni yarim tundan keyin kuçga kiritgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: