Ğayrioddiy musobaqa: Vengriyada 38 kişi qabr qazişda kuç sinaşdi
Vengriyada qabr qaziş böyiça öziga xos musobaqa ötkazildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, musobaqa joriy yilning 5 sentyabr kuni Vengriya şimolidagi Nergeşuyfalu şahridagi jamoat qabristonida bölib ötgan. Unda 38 nafar iştirokçi – 19 ta ikki kişilik jamoa qatnaşgan. Jamoalar qabristonlarni saqlaş va dafn xizmatlari sohasida işlovçi mutaxassislardan taşkil topgan.
Musobaqaning asosiy maqsadi qabr qaziş kasbining murakkabligi va professional jihatlarini namoyiş etiş, şuningdek, ölim mavzusi atrofidagi tabularni yumşatişdan iborat bölgan.
Musobaqa iştirokçilari qabrlarni belgilangan talablar asosida qöl mehnati bilan qazigan. Xususan, qabrning çuqurligi 1,6 metr, uzunligi 2 metr, eni esa 0,8 metr bölişi kerak bölgan. Iştirokçilar faqat belkurak, ketmon va kirkadan foydalangan.
Musobaqada asosan tezlik va işning sifati baholangan. Quruq va qattiqlaşib qolgan tuproq iştirokçilar uçun qöşimça qiyinçilik tuğdirgan.
Ğoliblar Robert Nad va Laslo Kiş 1 soat 21 daqiqada belgilangan ölçamdagi qabrni qazib bitirgan.
“Asosiysi – tezlik, çiroy emas. Dafn marosimi uçun qabr qazilganda uning aniq ölçamlarga mos bölişi va sifatli tayyorlanişiga etibor beriş kerak”, degan ğolib Robert Nad.
Ğoliblar 200 ming vengr forinti (taxminan 640 AQŞ dollari) miqdoridagi pul mukofotini bölib olgan.
Eslatib ötamiz, 2025 yilning sentyabr oyida Vengriyada qabr qaziş böyiça 8-xalqaro çempionat bölib ötgani haqida xabar berilgan edi.