USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tillaga “kömilgan” kelin: blogerlarning töyi katta tekşiruvga sabab böldi

323 марта
Тиллага “кўмилган” келин: блогерларнинг тўйи катта текширувга сабаб бўлди

Turkiyaning Van şahrida ijtimoiy tarmoqlarda maşhur bölgan moda dizayneri va tadbirkor Çağli Öz hamda “Vanli Qora Haydar” laqabi bilan tanilgan bloger Mehmet Fotih Tançalanning töyida ularga taqilgan katta miqdordagi oltin va pullar tekşiruvga sabab böldi. Kelinning öziga 52 kilogramm oltin, kuyovga esa 44 million turk lirasi taqilgani aytilmoqda. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.

Malum qilinişiça, töy joriy yilning 6 sentyabr kuni Van şahrining Tuşba tumanida bölib ötgan. Marosimda kelinning qöliga köplab oltin bilaguzuklar taqilgan. Bilaguzuklar qöliga siğmay qolgaç, qolganlari qalin zanjirga tizilib, böyniga osilgan.

Töyda taqilgan oltin, zargarlik buyumlari, xorijiy valyuta va turk lirasi Turkiya huquq-tartibot idoralari etiboriga tuşgan. Şuningdek, kelin-kuyovdagi oltin va pullar ularning daromadiga mos kelişi yoki kelmasligi ham tekşirilmoqda.

Bundan taşqari, oltinlarning qayerdan kelgani ham Turkiya huquq-tartibot idoralari etiboridan çetda qolmagan. Bu iş bilan Turkiyaning Moliyaviy jinoyatlarni tergov qiliş kengaşi – MASAK şuğullanmoqda.

Mehmet Fotih Tançalan esa boşqa iş böyiça ham qölga olingan. Unga davlat va davlat taşkilotlarini haqorat qiliş hamda jinoyatdan olingan mol-mulkni legallaştiriş bilan boğliq ayblovlar qöyilgan. U sud qarori bilan hibsga olingan. Tançalan esa ayblovlarni rad etgan. Uning aytişiça, töy va unaştiruv xarajatlarining katta qismi reklama va homiylik kelişuvlari hisobidan qoplangan. Taqilgan oltinlarning bir qismi esa zargarlardan vaqtinça olingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyadagi öz töyda tilla öğirlab ketişga oid voqea sodir bölgan edi. Unda özbekistonlik kelin asosiy figurantga aylangandi. Yani özbekistonlik M.B. ga töyidan söng uyda qolgan tilla va ziynat buyumlari bilan birga ğoyib böldi, degan ayblov qöyilgan. Biroq u öz ixtiyori bilan mahalliy politsiya bölimiga borib, holat yuzasidan körsatma bergan. Unga köra, töyda taqilgan tilla buyumlarni onasi bilan birgalikda qaynotasiga topşirgan. Şuningdek, qaynotasi keyinçalik uşbu tillalarni kredit va boşqa qarzlarini tölaş uçun sotganini özaro yozişmalarda qayd etgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: