AQŞ va Eron özaro eng yirik dengiz zarbalarini amalga oşirdi
Keça, 9 sentyabr kuni Eron va AQŞ örtasidagi olti oylik uruş boşlanganidan buyon dengizdagi kemalarga qarşi eng yirik hujumlar tölqini qayd etildi. Eron 10 ta kemani nişonga olganini bildirgan bölsa, AQŞ harbiylari 5 ta Eron neft tankerini yöq qilganini malum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Malum qilinişiça, kemalarga qilingan hujumlar oqibatida kamida bir dengizçi halok bölgan, yana bir kişi bedarak yöqolgan. Hodisalar tomonlar örtasida bir oy davom etgan nisbiy sokinlikdan keyin sodir böldi. Bu davrda AQŞ Eronga asosan iqtisodiy bosim ötkazişga uringan.
Eron Isroil tomonidan emas, balki Iordaniya hududidagi AQŞ harbiy bazasiga ballistik raketalar bilan zarba berganini malum qilgan. Iordaniya 18 ta raketani uşlab qolganini, yana ikkitasi aholi yaşamaydigan hududlarga zarar yetkazmasdan tuşganini bildirgan. AQŞ rasmiysi esa barça amerikalik harbiylar soğ-salomat ekanini aytgan.
Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi keyingi hujumlarga javob yanada keskin bölişini bildirgan. Qöriqçilar, şuningdek, dengizdagi taqiqlangan yangi hudud xaritasi yaqin orada elon qilinişini, mazkur zona Pokiston çegarasi yaqinidagi Çobahorgaça çözilişini malum qilgan.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp esa Tehronni noyabr oyidagi AQŞ Kongressi saylovlariga tasir ötkazişga urinişda ayblagan.
“Menimça, uruş saylovdan keyin darhol tugaydi, çunki ular bundan ortiq çiday olmaydi. Ular saylovga tasir ötkazişga umidsizlarça urinmoqda”, degan Tramp jurnalistlarga.
Şu bilan birga, “The Wall Street Journal” AQŞ Prezidentining yuqori martabali maslahatçilari, jumladan vitse-prezident Jey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubio Trampni uruş uning prezidentlik muddati 2029 yil yanvarda tugaguniga qadar davom etişi mumkinligidan ogohlantirgani haqida xabar bergan. “Reuters” uşbu malumotni mustaqil ravişda tasdiqlay olmagan.
AQŞ 5 ta Eron tankerini yöq qilgan
AQŞ harbiylari bir keçada Eronga tegişli 5 ta neft tankerini yöq qilganini malum qilgan va kemalar yonğin içida qolgani aks etgan videolarni elon qilgan.
AQŞ Markaziy qömondonligi bu hujumlarni Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi AQŞ harbiy kemasiga ikki marta ballistik raketa bilan zarba berişga uringaniga javob sifatida amalga oşirilganini bildirgan. AQŞ malumotlariga köra, hodisalarda amerikaliklar jabrlanmagan.
Vaşington harbiy kemalariga tahdid soluvçi hujumlarga javoban Eron tankerlarini nişonga oliş siyosatini elon qilgan. AQŞ bir hafta davomida jami 10 ta tankerga zarba berilganini bildirgan.
Davlat kotibi Marko Rubio Eron AQŞ harbiy kemalariga hujum qilişda davom etsa, har bir bunday harakat uçun tankerlardan ayrilişini aytgan. Eron esa javoban 2 AQŞ kemasi va 8 ta tankerga hujum qilinganini malum qilgan.
Qayd etilişiça, Dubay yaqinida turgan Hercules Star neft mahsulotlari taşuvçi tankerdagi hodisa oqibatida bir dengizçi halok bölgan, yana bir ekipaj azosi bedarak yöqolgan. Bu haqda kema çarterçisi Peninsula malum qilgan.
Britaniyaning dengiz xavfsizligi agentligi UKMTO esa hududdagi 1 kema snaryad zarbasidan keyin yonboşlab qolgani haqida malumot olganini bildirgan. Iroq port rasmiylarining aytişiça, 2 million barrel mazut taşiyotgan New Andros tankeri Iroq hududida dron zarbasidan keyin yonğin bilan qoplangan. Kema bortidagi 22 nafar ekipaj azosidan heç biri jabrlanmagan.
UKMTO, şuningdek, Fors körfazi va Ummon körfazining Hormuz böğoziga yaqin qismida bir neçta savdo kemasiga zarar yetkazuvçi öt oçilgani haqida xabarlar kelib tuşganini bildirgan.
Manbaga köra, hujumlar oqibatida neft narxi keskin oşgan. Brent markali neft narxi 9 sentyabr kuni barreli uçun 100 dollardan oşib, iyul oyidan buyon birinçi marta uşbu körsatkiçga yetgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistoniga Yamandagi Eron qöllab-quvvatlayotgan husiylar tomonidan uyuştirilgan hujumlar oqibatida kamida 73 kişi jarohatlangandi.