Tillaga “kömilgan” kelin ham hibsga olindi
Avvalroq, Turkiyaning Van şahrida ijtimoiy tarmoqlarda maşhur bölgan moda dizayneri va tadbirkor Çağli Öz hamda “Vanli Qora Haydar” laqabi bilan tanilgan bloger Mehmet Fotih Tançalanning töyida ularga taqilgan katta miqdordagi oltin va pullar tekşiruvga sabab bölib, kuyov Mehmet Fotih Tançalan hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Endi uşbu tekşiruv doirasida uning rafiqasi Çağli Öz ham qölga olindi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.
Töyida qiymati 44 million turk lirasi ekani aytilgan taqinçoqlar bilan kun tartibiga çiqqan er-xotinning töyida taqilgan oltin, valyuta va turk lirasi manbasi tergov doirasida tekşirilmoqda. Töy ortidan Mehmet Fotih Tançalan hibsga olingan bölsa, endi uning rafiqasi Çağli Öz ham qölga olindi.
(9).png)
Van Boş prokuraturasi Tançalan yuzasidan internetdagi materiallar bilan boğliq holda “turk millatini, Turkiya Respublikasi davlatini, davlatning muassasa va organlarini haqorat qiliş” jinoyati böyiça tergov boşlagan. Tançalan “jinoyatdan olingan mol-mulk qiymatliklarini legallaştiriş”da ayblanib, hibsga olingan.
Töyda taqilgan oltin, zargarlik buyumlari, valyuta va turk lirasi tekşiriş uçun Moliyaviy jinoyatlarni tergov qiliş kengaşidan (MASAK) ekspertiza ötkaziş söralgan. Kontrabanda va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölimi – KOM xodimlari esa töy “hayotning odatiy keçişiga zid tarzda” taşkil etilganini qayd etgan.
.png)
Töydan söng Tançalan yuzasidan boşlangan sud-huquq jarayoni hibsga oliş qarori bilan yakunlangan bölsa, iş böyiça etiborga molik yangi rivojlaniş yuz bergan. Tançalanning ortidan uning rafiqasi Çağli Öz ham qölga olingan.
Malumotlarga köra, Tançalan tergov doirasida Muradiya tumanidagi uyida qölga olingan. Moliyaviy tekşiruv er-xotinning 6 sentyabr kuni Van viloyatining Tuşba tumanida, Erjiş yöli böyidagi “Parla Delux” töyxonasida ötkazgan töyini ham qamrab olgan.
Tuzilgan bayonnomada Çağli Özning böynida katta oltin körinişidagi marjon, ikki qölida katta oltin bilaguzuklar, köplab bilaguzuk va marjonlar, katta ziraklar hamda oltin tojga öxşaş zargarlik buyumlari bölgani qayd etilgan. Töyga oid ayrim materiallarda “oğirligi özining vazniça oltin taqildi” degan ibora ham işlatilgani tekşiruvga kiritilgan.
.png)
KOM xodimlari bayonnomasida er-xotinga katta miqdordagi xorijiy valyuta va turk lirasi banknotlari ham taqinçoq sifatida taqilgani qayd etilgan. Şuningdek, er-xotinning töy oldidan va töy vaqtida kiygan kiyimlari hamda jamoatçilikka tarqalgan videolar tekşiruv doirasiga kiritilgan.
.png)
Tançalanning hibsga olinganidan söng Çağli Öz şaxsiy akkauntini yopgani va sukut saqlayotgani aytilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyadagi öz töyida tilla öğirlab ketişga oid voqea sodir bölgan edi. Unda özbekistonlik kelin asosiy figurantga aylangandi. Yani özbekistonlik M.B.ga töyidan söng uyda qolgan tilla va ziynat buyumlari bilan birga ğoyib böldi, degan ayblov qöyilgan. Biroq u öz ixtiyori bilan mahalliy politsiya bölimiga borib, holat yuzasidan körsatma bergan. Unga köra, töyda taqilgan tilla buyumlarni onasi bilan birgalikda qaynotasiga topşirgan. Şuningdek, qaynotasi keyinçalik uşbu tillalarni kredit va boşqa qarzlarini tölaş uçun sotganini özaro yozişmalarda qayd etgan.