USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Olov içidagi Turkiya: evakuatsiya va kuraş davom etmoqda (foto)

140 марта
Олов ичидаги Туркия: эвакуация ва кураш давом этмоқда (фото)

Turkiyaning Antaliya va Adana viloyatlarida örmon yonğinlari keng hududlarga tarqalib, minglab fuqarolar xavfsiz joylarga evakuatsiya qilindi, yonğinlarni töliq bartaraf etiş va yetkazilgan zararni örganiş işlari davom etmoqda. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Antaliyaning Aksu va Kepez tumanlarida joriy yilning 7 sentyabr kuni boşlangan yonğin şamol sababli katta hududga tarqalgan. Uni öçirişga 3 ta samolyot, 9 ta vertolyot, 165 ta öt öçiriş maşinasi va 1 mingdan ortiq xodim jalb qilingan.

Yonğin tufayli Karaöz mahallasida 10 ta xonadondan 25 kişi, Yeşilkaraman mahallasida 69 ta xonadon va 18 ta omborxonadan 256 kişi, şuningdek, Kepez tumanining Çamlija mahallasida 175 ta xonadondan 439 kişi evakuatsiya qilingan.

Fojia oqibatida 47 kişi jabrlangan. Ulardan 11 nafari şifoxonaga yotqizilgan, 36 kişiga ambulator yordam körsatilgan. Şuningdek, 3 ta bino buzilgani, 13 ta bino esa kiçik zarar körgani aniqlangan.

Talofat sababli mobil aloqa tarmoqlarida ham uzilişlar kuzatilgan. Turkcell, Vodafone va Türk Telekom kompaniyalari zarar körgan hududlarga mobil baza stantsiyasi transport vositalarini joylaştirgan.

Adananing Közan tumanida boşlangan yonğin Imomöğlu va Aladağ tumanlaridagi ayrim mahallalarga tarqalgan. Uni öçirişga 173 ta transport vositasi va 717 nafar xodim, jumladan, 3 ta yonğin öçiriş samolyoti, 12 ta vertolyot, 58 ta suv tankeri va 8 ta Ijtimoiy hodisalardan himoya qiluvçi transport vositasi (TOMA) jalb qilingan.

3 ta tumandagi qariyb 15 ta mahalla yonğindan zarar körgan. Fuqarolar xavfsizligini taminlaş maqsadida 285 ta xonadondan 835 kişi evakuatsiya qilingan. Fuqarolar orasida jabrlanganlar yoki halok bölganlar yöq. Aladağ tumanidagi ayrim uylar va omborlar ham yonğindan zarar körgan.

Antaliyaning Kumluja tumanida 8 sentyabr kuni boşlangan yonğin Töptoş mahallasidan Guzören mahallasiga tarqalgan. Alanga tufayli Guzören mahallasidagi qariyb 200 ta xonadon ehtiyot çorasi sifatida evakuatsiya qilingan. Yonğindan jabrlangan 3 kişi ambulator şaroitda davolangan.

Ayni paytda Antaliya va Adana viloyatlaridagi yonğinlarni töliq öçiriş, hududlarni nazorat qiliş hamda yetkazilgan zararni örganiş işlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Antaliya viloyatida örmon yonğinlari aholi yaşaydigan hududlarga ham tarqalgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: