Ölik holda topilgan aktyorning sevgilisi şubhali körsatma berdi
Turk kino va teatrining taniqli vakillaridan biri, maşhur aktyor Serhat Mustafo Qiliç joriy yilning 5 sentyabr kuni Istanbuldagi uyida ölik holda topilgan edi. Uning sevgilisi Özlem Esmergul prokuraturaga bergan körsatmasida politsiyadagi bayonotidan farqli malumotlarni aytib, Qiliç giyohvand moddalar va alkogol istemol qilganini tan oldi. Bu haqda “Haberler“ xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özlem Esmergul politsiyadagi körsatmasida Qiliçda giyohvand moddalar va alkogolga qaramlik bölmaganini bildirgan. Biroq prokuraturaga bergan körsatmasida u aktyor giyohvand moddalar va alkogol istemol qilganini aytgan.
“Uni taniganimdan beri giyohvand moddalar va alkogol istemol qilganini bilaman. Bilişimça, sönggi 6 oy davomida u kokain ham istemol qilgan. Uning duşmanlari yöq edi“, degan Esmergul.
U prokurorga bergan körsatmasida Qiliçni 8 yildan beri bilişini, u bilan oxirgi marta joriy yilning 3 sentyabr kuni, yani voqeadan ikki kun oldin telefon orqali gaplaşganini aytgan. Uning sözlariga köra, aktyor soğliği sabab suratga oliş maydoniga bora olmagani uçun iştirok etayotgan serialida işlaşdan çetlatilgan.
Esmergulning aytişiça, Qiliç soğliği juda yomon ahvolda ekanini ham bildirgan. U soğliği sabab suratga olişda qatnaşa olmagani uçun Esmergul va suratga oliş maydonidagi döstlari bilan janjallaşgan. Keyinçalik Qiliç qönğiroqlarga javob bermay qöygan. Biroq Esmergul aktyor fel-atvoriga köra, ranjigan odamlari bilan bazan 5-6 kun gaplaşmasligini aytib, dastlab bundan şubhalanmaganini bildirgan.
Esmergulning sözlariga köra, u joriy yilning 7 sentyabr kuni Qiliçning oldiga borib, biror narsaga muhtoj yoki muhtoj emasligini tekşirmoqçi bölgan. Biroq birdan içiga şubha tuşib, uning uyiga borişga qaror qilgan.
U xonadonga özida bölgan zaxira kalit yordamida kirganini, polda singan tarelka bölaklari soçilib yotganini, uy içkarisi juda sovuq va konditsioner yoqilganini aytgan. Qiliçga qöl tekkizganida uning tanasi qotib qolganini sezgan va uning vafot etganiga işonç hosil qilgaç, politsiyaga xabar bergan.
Şuningdek, Özlem Esmergul Qiliç sönggi vaqtlarda Istanbulning Şişli tumanidagi xususiy şifoxonada böyin umurtqasi çurrasi sabab davolanganini malum qilgan. Uning aytişiça, aktyor aynan şu kasalligi tufayli işga bora olmagan va böyin boğiç taqib yurgan.
Tergov doirasida Istanbul politsiya boşqarmasining hodisa joyini közdan keçiriş bölimi xodimlari tomonidan tayyorlangan bayonnoma ham malum bölgan.
Bayonnomada Qiliçning xonadoni joylaşgan majmua kiriş qismida qöriqçi va kuzatuv kameralari bölgani, kiriş-çiqiş nazorat qilinişi qayd etilgan. Bino kiriş qismida yölakni tasvirga oladigan kuzatuv kamerasi ham bölgan. Xonadonning temir kiriş eşigida buzib kirilganlik izlari aniqlanmagan. Eşikda kalit bölmagan. Yölak va mehmonxonaga kiriş qismida esa rangi va naqşi bir xil bölgan tarelka bölaklari topilgan.
Mehmonxonadagi yoğoç jurnal stolida turgan metall quti içidan giyohvand modda deb taxmin qilinayotgan yaşil ösimliksimon modda topilgan. Şuningdek, paket içidan sigaret öraş uçun işlatiladigan qoğoz aniqlangan. Kitob javoni oldida turgan matoli çemodan içidan ham qora qisqiçli paketda giyohvand modda deb taxmin qilinayotgan yaşil ösimliksimon modda topilgan.
Bundan taşqari, çemodandan 200 turk lirasidan iborat 3 dona banknota topilgan. Ular nayça şaklida öralgan bölib, bayonnomada giyohvand moddalarni istemol qilişda foydalanilgan bölişi mumkinligi qayd etilgan. Serhat Qiliçning ölimi yuzasidan tergov davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning maşhur teatr aktyori Ökan Karajan Istanbulning Şişli tumanidagi tadbir vaqtida stol ustida turgan noutbukni öğirlaganlikda gumon qilinayotgani haqida xabar berilgan edi.