Bolalar “orzusi”: Kongoda maktab yonib ketdi. Önlab öquvçilar kulga aylandi
Kongo Respublikasining isyonçilar nazoratidagi Bukavu şahrida sodir bölgan yonğin oqibatida kamida 24 nafar maktab öquvçisi halok böldi, yana 29 kişi jarohatlandi. Bu haqda Ruanda tomonidan qöllab-quvvatlanadigan AFC/M23 harakati tomonidan tuzilgan mamuriyatdagi Janubiy Kivu provintsiyasi vitse-gubernatori Duniya Masumbuko Bvenge malum qildi.
Qayd etilişiça, Janubiy Kivu provintsiyasidagi Bukavu şahrida yuz bergan yonğin ikki maktabni vayron qilgan va 300 ga yaqin yoğoç uyni yöq qilgan. Halok bölganlar orasida 19 nafar qiz va 5 nafar öğil bola bor.
AFC/M23 harakati bayonotida dastlabki malumotlarga köra, yonğin oqibatida 24 kişi halok bölgani va voqea sabablari hamda holatlarini aniqlaş böyiça tergov boşlangani aytilgan. Harakat malumotiga köra, 29 kişi tibbiy yordam olmoqda, ularning 21 nafari reanimatsiya bölimida.
Bvengening sözlariga köra, yonğinda 29 kişi jarohatlangan. Voqea sabablarini aniqlaş böyiça tekşiruv davom etmoqda.
Guvohlardan birining xabar berişiça, yonğin tuşdan keyin öçirilgan, ammo vayronalar va burişib ketgan tunuka bölaklari orasidan hali ham oq tutun kötarilib turgan.
“Biz xiyobonda edik, bolalar endigina maktabga borgan edi. Yonğin maktabdan uzoq bölmagan joyda boşlandi”, degan voqea guvohi Per Mudaxama.
Uning aytişiça, tez yordam maşinalari voqea joyiga yetib kelib, halok bölganlar va jarohatlanganlarni olib ketgan.
Aholi va tibbiyot xodimlari qurbonlar soni yana ortişi mumkinligini aytgan. Voqea joyida bölgan bir kişi 17 nafar marhumning jasadini, jumladan bolalar va kattalarning tanalarini tez yordam maşinasiga yuklaşga yordam berganini malum qilgan.
Mahalliy tibbiy markaz yonğinda halok bölgan 10 kişining jasadi olib kelinganini aytgan. Boşqa bir şifoxona esa 50 nafardan ortiq öquvçi qabul qilingani, ulardan 14 nafari vafot etganini bildirgan.
Malumot uçun, AFC/M23 harakati ötgan yil boşida Kongo Demokratik Respublikasining şarqiy qismida tezkor hujum uyuştirib, Bukavu şahrini egallagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida nikoh töyi fojia bilan yakunlangandi. Töyda yuz bergan yonğin oqibatida 20 dan ortiq kişi halok bölgandi.