USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Jazoir BAA bilan diplomatik aloqalarni uzdi

84 марта
Жазоир БАА билан дипломатик алоқаларни узди

Jazoir Birlaşgan Arab Amirliklari bilan diplomatik aloqalarni uzganini malum qildi. Bu haqda mamlakat Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.

Jazoir Taşqi işlar vazirligi Abu-Dabini “provokatsion va duşmanona” harakatlarda ayblagan, biroq munosabatlarni uzişga olib kelgan aniq hodisalarni oçiqlamagan. Vazirlik ikki davlat örtasidagi munosabatlarni saqlab qolişning barça imkoniyatlari tugaganini bildirgan.

Qarorga köra, BAAning Jazoirdagi elçisi Taşqi işlar vazirligiga çaqirilgan va unga mamlakatni tark etiş uçun 48 soat berilgan.

Jazoir, şuningdek, BAAda röyxatdan ötgan fuqarolik va harbiy samolyotlar uçun öz havo hududini yopişini malum qilgan. Biroq BAAning Jazoirga amalga oşiradigan tijoriy reyslari 2026 yil oxirigaça istisno qilinadi. Amaldagi kelişuv muddati tugagaç, bu reyslarga ham taqiq joriy etilişi kutilmoqda.

Ikki davlat örtasidagi munosabatlar sönggi yillarda tobora keskinlaşib kelayotgan edi. Jazoir ommaviy axborot vositalari BAAni mintaqada beqarorlikni kuçaytirişga urinişda ayblab kelgan.

Tomonlar bir qator mintaqaviy masalalarda ham qarama-qarşi pozitsiyada. Jazoir Isroil bilan munosabatlarni normallaştirişga qarşi bölsa, BAA 2020 yilda Isroil bilan diplomatik aloqalarni örnatgan. Şuningdek, Ğarbiy Sahro masalasida ham ikki davlatning pozitsiyalari bir-biridan farq qiladi: BAA Marokaşning hudud ustidan suverenitet davosini qöllab-quvvatlaydi, Jazoir esa Polisario fronti tarafdori hisoblanadi.

Bundan taşqari, ikki davlatning Saxel mintaqasidagi manfaatlari ham tobora köproq töqnaş kelayotgan. Jazoir rahbari Abdelmajid Tebbun ötgan yili Fors körfazi davlatlari bilan munosabatlar yaxşi ekanini aytib, faqat bir davlatni istisno qilgan va uni Jazoirning içki işlariga aralaşişda hamda mamlakatni beqarorlaştirişga urinişda ayblagan edi. Uning gapi BAAga işora sifatida baholangan.

BAA Taşqi işlar vazirligi esa Jazoir qaroridan keyin munosabatlar uzilişi vaqtinçalik bölişiga umid bildirdi. Abu-Dabi ikki xalq örtasidagi “birodarlik aloqalari” va umumiy manfaatlarni saqlab qoliş muhimligini takidlagan.

BAA Prezidentining diplomatik maslahatçisi Anvar Gargaş ham diplomatik munosabatlar “aqlli yondaşuv, muloqot va manfaatlarning aniqligi” asosida qurilişi kerakligini aytgan. Biroq u öz bayonotida Jazoirni bevosita tilga olmagan.

Jazoir joriy yil fevral oyida BAA bilan 2013 yilda imzolangan havo qatnovlari töğrisidagi kelişuvni bekor qiliş jarayonini ham boşlagan edi. Bu ikki davlat örtasidagi diplomatik ziddiyatning yana bir belgisi bölgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: