USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston va Jazoir toğ-kon sohasida yirik hamkorlikni boşlaydi

52 марта

Özbekiston va Jazoir toğ-kon sohasida yirik hamkorlikni boşlaydi

Özbekiston va Jazoir örtasida toğ-kon sanoati, geologiya-qidiruv işlari, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov özining Telegram-kanalida xabar berdi.

Jazoir toğ-kon sanoati vaziri Munir Xanifi bilan uçraşuvda ikki davlatning tabiiy boyliklar va geologiya sohasidagi salohiyati yuqori ekani takidlanib, mazkur yönaliş ikki tomonlama hamkorlikning yangi ösiş nuqtalaridan biri sifatida qayd etilgan.

Tomonlar geologiya-qidiruv işlarini birgalikda olib boriş, istiqbolli konlarni özlaştiriş, qöşma korxonalar taşkil etiş, mineral xomaşyoni çuqur qayta işlaş hamda yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Jazoir taşqi savdo va eksportni rivojlantiriş vaziri Kamol Raziq bilan bölib ötgan muloqotda esa savdo hajmini oşiriş, yangi logistika yölaklarini yaratiş, töğridan-töğri biznes aloqalarini rağbatlantiriş va sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş masalalariga alohida etibor qaratilgan.

Şuningdek, Hukumatlararo qöşma komissiya faoliyatini yölga qöyiş, işbilarmonlar kengaşini taşkil etiş hamda Al-Jazoir şahrida “Made in Uzbekistan” körgazmasini ötkaziş orqali ikki mamlakat tadbirkorlari uçun yangi imkoniyatlar yaratiş taklif etilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: