Olimlar Oydan qadimgi tsivilizatsiya izlarini qidirmoqçi
Tadqiqotçilar Oy tuproğidan milliardlab yillar avval mavjud bölgan özga sayyoraliklarning texnologik tsivilizatsiyalari izlarini qidirişni taklif qildi. Bu haqda SETI instituti xabar berdi.
Olimlarning fikriça, texnologik tsivilizatsiyalar tomonidan yaratilgan mikroskopik va uzoq vaqt saqlanib qoladigan zarraçalar yulduzlararo fazo orqali tarqalib, Oy yuzasidagi regolitga (çang-toş aralaşmasi) tuşgan bölişi mumkin.
Tadqiqotçilar Oyni bunday izlarni qidiriş uçun Yerga qaraganda qulayroq joy deb hisoblaydi. Çunki Oyda atmosfera, oqib turgan suv va faol geologik jarayonlar mavjud emas. Şu sababli uning yuzasi milliardlab yillar davomida kosmosdan kelgan moddalarni nisbatan özgarmagan holda saqlab kelgan.
Tadqiqotda bunday zarraçalarni aniqlaş uçun zamonaviy mikroskopiya, tomografiya, spektroskopiya hamda suniy intellekt yordamidagi tasvir tahlilidan foydalaniş mumkinligi körsatilgan. Olimlar taxminan 1 kub metr Oy regolitini batafsil tekşiriş orqali galaktikada ilgari mavjud bölgan texnologik tsivilizatsiyalar haqidagi muayyan ilmiy xulosalarga keliş mumkinligini hisoblagan.
Tadqiqotçilar hozirça Oydan özga sayyoralik texnologiyalarga oid biror dalil topilganini davo qilmayapti. Ularning takidlaşiça, yangi iş bunday izlarni izlaşni amaliy jihatdan tekşiriş mumkinligini körsatadi.
Tadqiqot kelajakda NASA’ning Artemis dasturi, Xitoyning Çanğe missiyalari va boşqa Oy ekspeditsiyalari orqali Yerga olib kelinadigan namunalarni örganiş orqali sinovdan ötkazilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yerning aylaniş tezligi özgarib borayotgani sababli jahon vaqti Yerning aylanişiga boğliq bölmagan tizimga ötkazilişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.