Yerda hayot 3,3 milliard yil oldin paydo bölgan — tadqiqot
24-11-2025, 08:53
289 марта

Yerda hayot 3,3 milliard yil oldin paydo bölgan — tadqiqot
Yerda hayot 3,3 milliard yil oldin paydo bölgan — Karnegi fan instituti olimlari suniy intellekt vositasida qadimgi jinslarni geokimyoviy tahlil qiliş orqali şunday xulosaga kelişdi.Katta ilmiy xodim Robert Xeyzenning aytişiça, algoritm tirik organizmlar qoldirgan öziga xos kimyoviy «aks-sado»ni aniqlaşda yordam berdi. Bunday signallarni şu paytgaça sezmaganmiz, faqat suniy intellekt va yangi tahlil usullari uyğunligida ularni töğri talqin qiliş uçun yöl oçildi, dedi olim.
Tadqiqotçilar geokimyoviy malumotlar, gaz xromatografiyasi va mass-spektrometriya usullarini birlaştirişdi. Bunda biologik jarayonlar molekulalarning çeklangan töplamini hosil qilişi va toğ jinslarida örnaşişi hisobga olindi.
Ikki yil oldin mutaxassislar örgatilgan neyrotarmoqlar biogen izlarni abiogen moddalardan taxminan 90 foiz aniqlik bilan ajrata olişini aniqlagan edilar. Qadimgi toğ jinslaridan tortib zamonaviy organizmlarning töqimalarigaça bölgan bir qator sinovlardan söng, olimlar uşbu usul barqaror işlaşiga işonç hosil qilişdi.
Tört yuzta namuna tahlili quyidagilarni körsatdi:
- hayotning ilk kimyoviy belgilari Janubiy Afrika Respublikasi va Esvatini çegarasidagi Yozefsdal hududidagi 3,3 milliard yoşli jinslarda mavjud;
- fotosintezlovçi ilk organizmlarning belgilari Kuruman hududida topildi, bu yerda 2,5 mlrd yillik toğ jinslari mavjud.