Isroil xakerlarning “sevimli” nişoniga aylandi
Isroil 2026 yilning birinçi yarmida elon qilingan xakerlik DDoS-hujumlari soni böyiça dunyoda eng köp hujumga uçragan mamlakatga aylandi. Bu haqda “Radware” xabar berdi.
Naşrga köra, qayd etilgan barça hujumlarning qariyb 17 foizi uşbu davlat hissasiga töğri kelgan. Xaktivistlarning (xaktivist – ijtimoiy, siyosiy, diniy yoki mafkuraviy maqsadlarga erişiş uçun kompyuter va tarmoq texnologiyalaridan foydalanuvçi raqamli faol – tahr. izohi) asosiy nişoni davlat tuzilmalari bölgan: elon qilingan hujumlarning 37,2 foizi aynan ularning çekiga tuşgan.
“Radware” malumotlariga köra, xakerlarning faolligi geosiyosiy nizolarga bevosita boğliq bölgan. 2026 yilning mart oyida, Yaqin Şarqdagi harbiy voqealar haqidagi xabarlar fonida elon qilingan hujumlar soni ötgan oyga nisbatan ikki baravardan köproqqa ortgan.
2026 yilning dastlabki olti oyida veb-servislarga qilingan DDoS-hujumlar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 110,6 foizga ösgan. Agar joriy suratlar saqlanib qolsa, yil yakunlariga köra ularning soni taxminan 166 foizga oşişi mumkin.
Bir vaqtning özida veb-ilovalar va API’larga qilingan zararli sörovlar soni ham ikki baravardan ziyodga ortgan. “Radware” malumotlariga köra, zaifliklarning 80 foizdan ortiği tegişli CVE identifikatorlari rasman elon qilingunga qadar işlatila boşlangan. Hisobot mualliflari kiberhujumlarning tezlaşişini, jumladan, zaifliklarni tezroq topiş va ğarazli niyatdagilarning harakatlarini avtomatlaştirişga imkon berayotgan suniy intellektning rivojlanişi bilan boğlamoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Xitoy bilan boğliq xakerlar guruhi Adliya vazirligi, NASA, Federal zaxira tizimi, Senat va boşqa muhim davlat tarmoqlariga kirgani yoki bunga uringanini malum qilgandi.