USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sobiq mudofaa vaziri davlatga hiyonatda ayblanib, uşlandi

276 марта
Собиқ мудофаа вазири давлатга ҳиёнатда айбланиб, ушланди

Keça, 11 sentyabr kuni Gruziyada sobiq mudofaa vaziri va muxolifatdagi “Yagona milliy harakat” partiyasi yetakçilaridan biri Georgiy Baramidze qölga olindi. Unga “vatanga xoinlik qiliş, yani sabotaj” böyiça ayblov elon qilinadi. Bu haqda Gruziya Boş prokurori örinbosari Amiran Guluaşvili malum qildi.

Baramidze sud qarori asosida uşlangan, prokuratura uni qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaşni söraş niyatida. Unga 4 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tahdid solmoqda.

Jinoiy taqibga Baramidzening 1992–1993 yillardagi gruzin-abxaz uruşi haqidagi bayonoti sabab bölgan. Iyul oyida siyosatçi Yago Xviçiyaning “Gruziyaning tuğilişi” körsatuvida Baramidze konfliktning dastlabki bosqiçida Gruziya qurolli kuçlari vakillari duşmanlarni asirga olmaganini, balki ularni joyida otib taşlaşganini aytgan. Prokuratura talqiniga köra, şu orqali u gruzin harbiylarini xalqaro gumanitar huquqni buzişda va oğir harbiy jinoyatlar sodir etişda ayblagan.

Prokuraturaning bildirişiça, tergov davomida gruzin harbiy xizmatçilari yoki konfliktning boşqa iştirokçilari tomonidan asirlar otib taşlangani holatlari öz tasdiğini topmagan. Idora Baramidzening bayonotini “asossiz va uydirma” deb hisoblaydi hamda bu Gruziyaning davlat manfaatlariga va xalqaro obrösiga, şuningdek, uning qurolli kuçlari reputatsiyasiga zarar yetkazganini takidlamoqda.

Prokuratura tergovni joriy yilning 7 avgust kuni Veteranlar işlari böyiça davlat xizmatining murojaatidan söng boşlagan. Öşanda idora iş Gruziya Jinoyat kodeksining 307-1- va 318-moddalari — vatanga xoinlik qiliş hamda mamlakatning davlat manfaatlariga xavf soliş moddalari böyiça tergov qilinayotganini xabar qilgan.

Baramidze qölga oliş paytida huquq-tartibot xodimlari unga Gruziyaga xoinlik qiliş ayblovi haqida xabar berganini aytgan. Uning ayoli tomonidan elon qilingan videoda siyosatçining “Menga bunday deyişga uyalmaysizlarmi?” degani aks etgan.

Malumot uçun, Baramidze — Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakaşvilining eski safdoşlaridan biri va u tomonidan tuzilgan “Yagona milliy harakat”ning yetakçilaridan. Saakaşvili davrida u içki işlar vaziri va mudofaa vaziri lavozimlarini egallagan, boş vazir örinbosari hamda Yevropa va yevroatlantika integratsiyasi masalalari böyiça davlat vaziri bölgan. 2021 yilda “The Insider” bilan suhbatda Baramidze hokimiyatdagi “Gruziya orzusi” partiyasini “putinça rejim” deb atagan va “Yagona milliy harakat” hokimiyatni faqat siyosiy usullar bilan almaştiriş niyatida ekanini aytgan.

2026 yilning fevral oyida Rossiya nazoratidagi “DXR Oliy sudi” Baramidzeni Ukraina tomonida uruşda iştirok etganlik ayblovi bilan sirtdan 6,5 yilga koloniyaga hukm qilgan. Rossiya Boş prokuraturasining bildirişiça, 2022 yil fevralida siyosatçi “Gruziya milliy legioni”ga qöşilgan va aprel oyigaça Rossiya qöşinlariga qarşi janglarda iştirok etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armanistonning sobiq moliya vaziri va Davlat daromad qömitasining sobiq rahbari Gagik Xaçatryan pora oliş hamda juda katta miqdorda pul yuvişda gumonlanib, ikki oyga qamoqqa olingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: