USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prokuror Guseyn Gasanovga 6 yil qamoq söradi

39 марта
Прокурор Гусейн Гасановга 6 йил қамоқ сўради

Prokuratura Moskvaning Presnenskiy rayon sudidan bloger Guseyn Gasanovga jinoiy yöl bilan olingan pul mablağlarini legallaştiriş böyiça davo işi yuzasidan sirtdan 6 yillik umumiy tartibli koloniya jazosini tayinlaşni söradi. Bu haqda “Kommersant” xabar beradi.

Qayd etilişiça, ozodlikdan mahrum qilişdan taşqari, davlat ayblovçisi unga 155 million rubl miqdorida jarima va ikki yilga ozodlikni çeklaş jazosini qöllaşni söramoqda. 

Tergov talqiniga köra, 2019-2021 yillarda Gasanov 175 million rubldan ortiq soliqni tölaşdan böyin tovlagan. Soliq qarzdorligi uzilganidan söng uşbu modda böyiça jinoiy tugatilgan. Biroq tergovning hisoblaşiça, bloger uşbu mablağlarning qariyb 68 million rubblik qismini köçmas mulk sotib oliş orqali legallaştirgan.

Guseyn Gasanovning özi aybini tan olmayapti. Uning himoyasi tergov tomonidan legallaştirilgan deb hisoblangan mablağlarning bir qismi qonuniy kelib çiqişga ega ekanini va jinoiy niyat mavjudligiga heç qanday dalil keltirilmaganini takidlamoqda.

Malumot uçun, Guseyn Gasanov eng maşhur rus tilli blogerlardan biri sifatida tanilgan. Unga keng maşhurlikni hajviy roliklar, qimmatbaho avtomobillar bilan yutuqli öyinlar (givlar), şuningdek, avvalroq köplab bahslar va xaridorlarning etirozlariga sabab bölgan “Millioner fikrlaşi” nomli pullik onlayn-kursi olib kelgan.

Eslatib ötamiz, Moskvaning Çertanovskiy sudi 2025 yilning 14 may kuni Gasanovni jinoyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş işi doirasida sirtdan hibsga oliş töğrisida qaror çiqargan edi. Unga Rossiya Jinoyat kodeksining 174-moddasi 4-qismi (jinoyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) böyiça ayblov qöyilgan. Mazkur modda böyiça unga 7 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi tahdid soladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: