USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyalik general ölimida ayblangan özbekistonlik umrbod qamaldi

463 марта

Rossiyalik general ölimida ayblangan özbekistonlik umrbod qamaldi

Rossiyada 2-Ğarbiy okrug harbiy sudining uç sudyadan iborat hayati Ahmadjon Qurbonovni radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya kuçlari boşliği general-leytenant Igor Kirillovning ölimiga sabab bölgan terrorçilik hujumini sodir etganlikda aybdor deb topdi va umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Unga şuningdek, 1 million rubl miqdorida jarima solindi. 

Portlovçi moddalarni yetkazib berişda ayblangan ozarbayjonlik Robert Safaryan 25 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm etildi, uning dastlabki töqqiz yilini u kamerada ötkazadi. Jinoyatçiga uy ijaraga bergan Inguş fuqarolari Batuxan Taçiyev va Ramazan Padiyev mos ravişda 22 yilga (dastlabki sakkiz yil qamoq jazosi) va 18 yilga (dastlabki olti yil qamoq jazosi) jazolandi, şuningdek, 200 000 rubl miqdorida jarima tölaşga majbur böldi. 
Sudlanuvçilar rollariga qarab, terrorçilik taşkilotini taşkil etiş va unda iştirok etiş, terrorçilik hujumiga tayyorgarlik köriş, portlovçi moddalarni noqonuniy olib kiriş va portlovçi moslama işlab çiqarişda ayblandilar. Yakuniy nutq davomida prokuror Nadejda Tixonova Kurbonovga umrbod, Safaryanga 28 yil, Taçiyevga 26 yil va Padiyevga 24 yil qamoq jazosini söradi. 

Qurbonov aybini tan oldi va tergov bilan faol hamkorlik qildi. Boşqa sudlanuvçilar Kurbonovning terrorizmga aloqadorligidan bexabar ekanliklarini takidlaşdi. Taçiyev va Padiyev sudda faqat kvartiralarni ijaraga beriş bilan şuğullanganliklarini davo qilişdi, Safaryan esa portlovçiga bergan paketning tarkibidan bexabar ekanligini aytdi. 
Tergovçilarning sözlariga köra, 2024 yil 17 dekabr kuni Özbekiston fuqarosi Qurbonov Ukraina Xavfsizlik Xizmati (SBU) körsatmasi böyiça general Kirillovning uyi kirişidagi joyga boşqariladigan bomba örnatilgan elektr skuterni qoldirgan. Keyin ijaraga olingan maşinaga ötirib, u yerdan voqealarni Ukrainaga uzatgan. General Igor Kirillov va uning yordamçisi mayor Ilya Polikarpov uydan çiqayotganlarida portlaş sodir böldi, natijada ikkala ofitser ham halok böldi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: