11 sentyabrga oid önlab maxfiy hujjatlar oçiqlandi
Keça, 11 sentyabr kuni AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) 1998–2001 yillarga oid 71 ta prezidentlik razvedka axborotnomasini maxfiylikdan çiqardi. Hujjatlar 11 sentyabr teraktining tayyorgarligiga taalluqli. Bu haqda MRB xabar berdi.
Qayd etilişiça, fojiadan bir neça yil oldin paydo bölgan “Al-Qoida” tahdidi va uning AQŞga hujum qiliş rejalari haqidagi ogohlantirişlarni oşkor qiluvçi malumotlar elon qilingan.
“Bugun direktor Jon Retkliff 11 sentyabrdagi terrorçilik xurujlarining 25 yillik xotirasi munosabati bilan hamda Prezident Donald Trampning şaffoflikni taminlaş böyiça tarixiy taşabbusiga muvofiq, Prezident uçun tayyorlanadigan kunlik axborotnomalardan 71 ta hujjatni maxfiylikdan çiqardi”, deyiladi MRB bayonotida.
Xabar qilinişiça, maxfiylikdan çiqarilgan 100 dan ortiq sahifadan iborat hujjatlar 2004 yildan beri 11 sentyabr voqealariga oid tahliliy materiallarning eng keng miqyosli oşkor etilişi bölgan.
MRBning bildirişiça, axborotnomalar idora tahlilçilari mavjud malumotlarning tanqisligi, töliq emasligi va parça-parçaligi şaroitida mamlakat rahbariyatini tayyorlanayotgan hujumlardan qanday ogohlantirişga harakat qilganini körsatadi.
Malumotlarga köra, 2001 yil 11 sentyabr ertalabida 19 nafar terrorçi AQŞda törtta yölovçi samolyotini egallab olgan, ulardan ikkitasi Butunjahon savdo markazining baland binolariga borib urilgan. Uçinçisi Pentagon binosiga urilgan, törtinçisi Pensilvaniya ştatidagi Şanksvill şahri yaqinida qulagan. Hodisa oqibatida 2 977 kişi halok bölgan, yana 24 kişi bedarak yöqolgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlarning asosiy taşkilotçisi deb gumon qilingan şaxs va Guantanamo bazasida saqlanayotgan uning yana uç nafar şerigi 2028 yilda sud oldida javob berişi malum bölgan edi.
Şuningdek, Nyu-Yorkda 2 977 ta yoruğlik soçuvçi dron yordamida egizak minoralar surati gavdalantirilib, 11 sentyabr teraktlari qurbonlari xotirasi yod etilgani haqida xabar berilgan edi.