USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Indoneziyada 243 kişi bölgan kema böron vaqtida bedarak yöqoldi

78 марта
Индонезияда 243 киши бўлган кема бўрон вақтида бедарак йўқолди

Indoneziyada bortida 243 kişi bölgan “Virgo Transport 8” kemasi böron vaqtida aloqaga çiqmay qöydi. Bu haqda bugun, 13 sentyabr kuni Indoneziya Milliy qidiruv-qutqaruv agentligi (Basarnas) xabar berdi.

Malum qilinişiça, ob-havo şaroiti yomonlaşganidan söng kema ekipaji taxminan mahalliy vaqt bilan soat 02:00 da aloqaga çiqmay qöygan. Kemadan olingan sönggi signal Bandjarmasin şahridagi Basirih qutqaruv pristanidan taxminan 80 dengiz mili uzoqlikdagi hududdan kelgan.

“Kemaning sönggi qayd etilgan joylaşuvi Bandjarmasindagi SAR Basirih pristanidan taxminan 80 dengiz mili uzoqlikda edi”, degan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi koordinatori I Putu Sudayana jurnalistlarga.

Qidiruv-qutqaruv işlariga Indoneziya Harbiy-dengiz kuçlari, suv politsiyasi hamda maxsus “KN SAR Laksmana 241” kemasi jalb qilingan.

Bildirilişiça, qutqaruvçilar qidiruv jarayonida zamonaviy uskunalardan, jumladan, Starlink suniy yöldoş terminalidan foydalanmoqda. Bortdagi odamlar soni köpligi sababli operatsiya kuçaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Indoneziyaning Şarqiy Yava provintsiyasidagi Surabaya şahridan Janubiy Sulavesidagi Makasarga yöl olgan, bortida 271 kişi bölgan yölovçi paromi yonib ketgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: