USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroil Ğazoni yana bombaladi. Qurbonlar bor

55 марта
Исроил Ғазони яна бомбалади. Қурбонлар бор

Isroilning Ğazo sektoriga havo hujumi oqibatida kamida 2 nafar falastinlik halok bölib, yana 13 kişi yaralandi. Bu haqda mahalliy tibbiyot xodimlariga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.

Qayd etilişiça, bugun, 13 sentyabr kuni şaharning “Tal al-Hava” mahallasida harakatlanayotgan avtomobilga zarba berilgan. Soğliqni saqlaş rasmiylarining malum qilişiça, hujumda halok bölgan 2 kişining jasadlari bölaklarga ajralib ketgan va ularning şaxsini aniqlaş uçun aholidan yordam söralgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va naşr tomonidan haqiqiyligi tasdiqlangan videolarda hujumga uçragan avtomobilning qattiq şikastlangani, tomi va eşiklari uzilib ketgani körinadi.

Isroil harbiylari esa hujumda HAMASning ikki nafar azosi nişonga olinganini malum qilgan.

Bu hujum AQŞ vositaçiligida Isroil va HAMAS örtasida ötgan yil oktyabrda “öt oçişni töxtatiş” böyiça kelişuvga erişilganidan keyin Ğazoda deyarli har kuni sodir bölayotgan zarbalarning navbatdagisi bölgan.

Soğliqni saqlaş rasmiylariga köra, AQŞ vositaçiligidagi “sulh” boşlanganidan buyon Isroilning Ğazo böylab hujumlarida 1300 dan ortiq falastinlik halok bölgan.

HAMAS Isroilni “öt oçişni töxtatiş” kelişuvini buzişda va AQŞ Prezidenti Donald Trampning Ğazodagi uruşni tugatiş rejasiga tösqinlik qilişda ayblagan. Uşbu reja keyinçalik Isroil qöşinlarining Ğazodan çiqarilişi va HAMASning qurolsizlantirilişini ham nazarda tutadi.

Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi, şuningdek, 13 sentyabr kuni sönggi kunlarda bir neçta şifoxonaning generatorlari neft, yoqilği va ehtiyot qismlar tanqisligi sabab işlaşdan töxtaganini malum qilgan.

Rasmiylarning aytişiça, Isroil Ğazoga kirişiga ruxsat bergan çeklangan miqdordagi neft faqat şoşilinç ehtiyojlarni qoplamoqda va şifoxonalarga har oy zarur bölgan 2500 litr yoqilğidan ança kam.

AQŞ Prezidenti Donald Tramp keça, 12 sentyabr kuni Irlandiyaga taşrifi çoğida mamuriyatining Ğazo böyiça faoliyatini himoya qilgan.

“Biz yonğinni öçirdik va barça garovdagilarni qaytardik. Hozir Ğazoda juda kam narsa sodir bölmoqda”, degan Tramp jurnalistlarga.

U, şuningdek, Ğazoda hozir “köplab yaxşi munosabatlar” örnatilayotganini takidlab, mamuriyati bu borada “katta iş qilganini” aytgandi.

Mahalliy rasmiylarning malumotiga köra, Isroilning 2023 yil oktyabridan beri davom etayotgan uruşida kamida 73 669 nafar falastinlik halok bölgan. Qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardan iborat.

Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil armiyasining Ğazo sektoriga bergan ikki havo zarbasi oqibatida kamida 2 kişi, jumladan, 4 yoşli bola halok bölgan, yana 7 kişi jarohatlangandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: