Ahdsiz Isroil: mamlakat kelişuvdan keyin ham Ğazoga zarbalar berdi. Qurbonlar bor
Isroil armiyasining keça, 2 iyul kuni Ğazo sektoriga bergan havo zarbalari oqibatida kamida 18 nafar falastinlik halok böldi. Bu haqda mahalliy tibbiyot xodimlariga tayanib, “Reuters” xabar qildi.
Falastin soğliqni saqlaş idoralari malumotiga köra, ertalabdan Isroil aviatsiyasi Ğazo şahri, markazdagi Dayr al-Balah hamda janubdagi Xon Yunis hududlariga zarbalar bergan. Oqibatda sönggi haftalardagi eng yuqori kunlik qurbonlar soni qayd etilgan.
Avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp HAMAS va boşqa qurolli guruhlar qurolsizlanişga rozi bölganini malum qilib, mojaroni tugatiş yölida siljiş kuzatilayotganini aytgan edi. Biroq Isroil Energetika vaziri va mamlakat xavfsizlik kabineti azosi Eli Koen hozirça Ğazoga hujumlarni töxtatiş böyiça heç qanday kelişuv yöqligini bildirgan.
“AQŞ bilan tuzilgan kelişuvimizdagi pozitsiyamiz şuki, eng avvalo HAMAS tugatilişi kerak”, degan Koen.
Uning takidlaşiça, Isroil HAMASga qurolsizlaniş imkoniyatini beradi, ammo bu amalga oşişiga şubha bilan qaramoqda. Agar bu sodir bölmasa, Isroil Ğazo sektori ustidan töliq nazorat örnatişi zarur deb hisoblaydi. Keyinroq Boş vazir Binyamin Netanyaxu matbuot xizmati vakili Doron Şpilman Isroil AQŞga qurolsizlaniş rejasi yuzasidan xavotirlarini yetkazganini malum qilgan.
Mahalliy tibbiyot xodimlarining malumotiga köra, Dayr al-Balahdagi zarbada 4 kişi halok bölgan. Mavasi hududidagi çodirlar lageriga qilingan yana bir hujumda 5 kişi jarohatlangan va bir neçta çodir yonib ketgan. Şuningdek, Mavasidagi uyga berilgan zarbada er-xotin va ularning 9 yoşli öğli halok bölgan. Ğazo şahridagi turar joyga qilingan hujumda yana bir oila – er-xotin va farzandi vafot etgan. Misr vakolatxonasi yaqinidagi çodirga berilgan zarbada 2 kişi, “Zaytun” mahallasidagi keyingi hujumda yana 2 kişi, Jabaliya yaqinida esa bir kişi halok bölgan.
Isroil armiyasi Dayr al-Balahdagi turar joyga qilingan zarba HAMASning “Nuxba” maxsus bölinmasining ikki qömondoniga qaratilganini bildirgan. Ğazo şahri va Jabaliyadagi hujumlar ham “harbiy amaldorlar”ga qarşi qaratilganini, vaziyat örganilayotganini malum qilgan.
Keyingi hujumlardan birida Ğazo şahridagi avtomobilga berilgan zarba oqibatida kamida 3 nafar falastinlik halok bölgan. HAMASning yuqori martabali vakili Basem Naim harakat qurolsizlaniş masalasida “katta moslaşuvçanlik” körsatganini, ammo Isroil siyosiy jarayonlar fonida hujumlarni kuçaytiriş orqali vaziyatni harbiy yöl bilan özgartirişga urinayotganini aytgan.
Ğazo soğliqni saqlaş idoralari malumotiga köra, ötgan yil oktyabrda erişilgan öt oçişni töxtatiş kelişuvidan buyon Isroil zarbalari oqibatida kamida 1230 nafar falastinlik halok bölgan. Isroil hisob-kitoblariga köra, şu davrda 4 nafar isroillik harbiy halok bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Falastinning XAMAS harakati Ğazo sektori rahbari Xalil al-Hayyani taşkilot siyosiy byurosining yangi rahbari etib saylangandi.