USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Ukrainada Yevropa davlatlarining mulozimlari bor poyezdni nişonga oldi

163 марта
Россия Украинада Европа давлатларининг мулозимлари бор поездни нишонга олди

Rossiyaning uçuvçisiz uçiş apparatlari keça, 13 sentyabr kuni Ukraina – Polşa çegarasi yaqinidagi poyezdga zarba berdi. Hujum Buyuk Britaniya va Şvetsiyaning sobiq boş vazirlari Boris Jonson va Karl Bildt, şuningdek, Yevropa Ittifoqining bir neça davlatlaridan kelgan xavfsizlik böyiça maslahatçilarni olib ketayotgan diplomatik poyezd stantsiyani tark etganidan bir neça daqiqa ötib sodir böldi. Bu haqda Ukraina davlat temir yöl operatori “Ukrzaliznitsa” xabar berdi.

Qayd etilişiça, diplomatik poyezd Kiyevda ötkazilgan Yalta Yevropa strategiyasi konferentsiyasidan qaytayotgan yuqori martabali mehmonlarni olib ketgan. Poyezd belgilangan vaqtdan oldin jönatilgan.

“Rossiya dronining asl nişoni aynan diplomatik poyezd bölganining ehtimoli yuqori. Çunki u stantsiyani rejalaştirilgan vaqtdan oldin tark etgan”, deyiladi “Ukrzaliznitsa”ning Telegram’dagi xabarida.

Şvetsiyaning sobiq boş vaziri Karl Bildt hujum videosini X ijtimoiy tarmoğiga joylaştirgan. Uning aytişiça, zarba berilgan poyezd ular ötirgan poyezddan bir neça daqiqa keyin Polşa çegarasi yaqinida harakatlangan.

“Bu bizning poyezdimiz emas, balki Polşa çegara ötkaziş punkti yaqinida bizdan bir neça daqiqa keyin kelgan poyezd edi. Rossiya droni yaqinlaşganda u evakuatsiya qilindi va heç kim jabrlanmadi. Xavfsizlik tizimi juda yaxşi işladi. Bizning poyezdimizda esa faqat evakuatsiya haqida ogohlantiriş berildi”, deb yozgan Bildt.

Malum qilinişiça, Bildt, Jonson va boşqa yölovçilar siyosat, biznes, xavfsizlik va OAV vakillari iştirokidagi Yalta Yevropa strategiyasi konferentsiyasida qatnaşiş uçun Kiyevda bölgan.

“Ukrzaliznitsa” malumotlariga köra, hujum vaqtida stantsiyada Markaziy razvedka boşqarmasining sobiq direktori Devid Petreus bölgan yana bir poyezd ham turgan bölgan. Hozirça poyezdlardagi yölovçilar orasida qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida malumot berilmagan.

Ukraina davlat temir yöl operatori hujumlarning oldini oliş maqsadida poyezdlar qatnov jadvalini muntazam ravişda özgartirib borişini bildirgan.

Boris Jonson X ijtimoiy tarmoğidagi postida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Polşa çegarasida turgan Ukraina lokomotiviga zarba beriş qarorini tanqid qilgan.

“Bu ukrainaliklar har kuni, hatto fuqarolik temir yöllarida ham duç kelayotgan tasodifiy va manosiz hujumlarning yana bir körinişidir”, deb yozgan u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Ukraina böylab amalga oşirgan havo hujumlarida kamida 10 kişi halok bölib, önlab odam yaralangan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: