Eng tasiri kuçli yahudiylar reytingi elon qilindi
Joriy yil uçun dunyoning eng tasiri kuçli 50 yahudiysi kiritilgan reyting elon qilindi. Bu haqda “The Jerusalem Post” xabar berdi.
Qayd etilişiça, “50 Most Influential Jews” deb nomlangan röyxatga siyosat, biznes, texnologiya, harbiy soha, OAV va boşqa yönalişlarda katta tasirga ega bölgan şaxslar kiritilgan.
Röyxatning birinçi örnidan Jared Kuşner va Ivanka Tramp joy olgan. Naşr ularni garovga olinganlarni uyiga qaytariş borasidagi faoliyati bilan ajratib körsatgan.
Ikkinçi örinni Isroil Boş vaziri Binyaamin Netanyaxu egallagan. Naşr uning Isroil siyosati va mamlakat kelajagiga katta tasir körsatayotganini qayd etgan.
Uçinçi poğonaga Isroilning sobiq harbiy rahbari va siyosatçisi Gadi Eisenkot joylaştirilgan. Naşr uni Isroilning ehtimoliy bölajak boş vazirlaridan biri sifatida körsatgan.
Röyxatdagi taniqli şaxslar qatorida Meta asosçisi Mark Tsuckerberg va OpenAI rahbari Sam Altman ham bor. Ular 9-örinni birgalikda egallagan. Naşr ularni suniy intellekt rivojiga va jamiyat kelajagiga tasir körsatayotgan texnologiya yetakçilari sifatida tariflagan.
Google hammuassisi Sergey Brin 18-öringa, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa 21-öringa joylaştirilgan. Naşr Zelenskiyni Rossiya bosqinidan keyin Ukrainadagi qarşilik ramziga aylangan siyosatçi sifatida tariflagan.
Şuningdek, reytingdan Oracle asosçisi Larri Ellison, BlackRock rahbari Larri Fink, milliarder investor Bill Ackman va Meksika Prezidenti Klaudiya Şeynbaum kabi taniqli şaxslar ham örin olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “Bloomberg” milliarderlar reytingida birinçi önlikka faqat amerikalik tadbirkorlar kirgani haqida xabar berilgan edi.