USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Litva osmonida xavf: NATO qiruvçilari Belarus dronini yöq qildi

76 марта
Литва осмонида хавф: НАТО қирувчилари Беларусь дронини йўқ қилди

Bugun, 15 sentyabr kuni NATO qiruvçi samolyotlari Litva havo hududiga kirgan dronni urib tuşirdi. Bu haqda Litva Prezidenti Gitanas Nauseda malum qildi.

Hodisa mamlakat poytaxti Vilnyus va uning atrofida havo xavfi haqida ogohlantiriş elon qilinganidan söng yuz bergan. Litvaning favqulodda vaziyatlar böyiça xizmatlarining malum qilişiça, dron mamlakatning markaziy-janubiy qismidagi Kaunas şahri yaqinida joylaşgan Pratkunay qişloği hududida urib tuşirilgan.

Litva Inqirozlarni boşqariş markazi dron Belarus hududidan kirib kelgani va ğarb tomon harakatlanganini bildirgan.

“Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzi kuçayib borayotgan bir paytda bunday tayyorgarlik mintaqamiz uçun juda muhim”, deb yozgan Nauseda.

Litva Taşqi işlar vaziri Kyastutis Budris esa mamlakat havo hududini himoya qilişda yordam berayotgan ittifoqçilarga minnatdorlik bildirgan.

“Bu ittifoqçilar birdamligi va qatiyatining amaldagi eng yaxşi namunasidir. NATO huşyor, sodiq va tayyor ekanini aniq namoyiş etmoqda”, degan u.

Şu bilan birga, Polşa ham Rossiyaning Ukrainaga qarşi dron hujumlari fonida ehtiyot çorasi sifatida harbiy-havo kuçlarini işga tuşirgan. Keça, 14 sentyabr kuni Polşa harbiylari Boltiq dengizi sohilida, Rusinovo qişloği yaqinida Rossiyaga tegişli bölişi mumkin bölgan dronni topib olgan.

Polşa Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamişning aytişiça, dastlabki tekşiruvlar topilgan dron Rossiyaning harbiy uçuvçisiz apparati ekanini körsatgan. Harbiylar dron Gerbera rusumdagi apparatga öxşaşini bildirgan. Mazkur dronlar arzon materiallardan tayyorlanadi va köpinça çalğituvçi nişon sifatida qöllanadi. Biroq ular portlovçi moddalarni ham olib yurişi mumkin.

Malumot uçun, Litva, Latviya va Estoniya Rossiya bilan çegaradoş NATO davlatlari hisoblanadi. Uşbu mamlakatlar hududiga Rossiya Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlaganidan beri dronlarning kirib kelişi bilan boğliq bir neça hodisa qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi uruş davom etayotgan bir paytda NATO davlatlaridan biriga çeklangan hujum uyuştirib, alyansning qatiyatini sinab körişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: