Seul osmonida Özbekiston bayroği tasvirlangan dirijabl kötarildi (fotoreportaj)
Bugun, 15 sentyabr kuni Seul osmonida özgaça manzara kuzatildi – Özbekiston bayroğining moviy, oq va yaşil ranglaridagi dirijabl Koreya Respublikasi poytaxti uzra parvoz qildi.

Bu oddiy parvoz emas edi. Uning ortida yurtga muhabbat, milliy ğurur va Özbekistonning döst Koreya zaminidagi yana bir yorqin qadami mujassam edi.

Özbekiston Prezidentining Janubiy Koreyaga davlat taşrifi arafasida amalga oşirilgan uşbu ramziy taşabbus Seul aholisi va xorijlik mehmonlarga Özbekistonni yana bir bor tanitiş, mamlakat milliy qadriyatlari va davlat ramzlarini namoyon etişga xizmat qildi.
.jpg)
Janubiy Koreyaning poytaxti Seul – dunyodagi eng zamonaviy megapolislardan biri.

Ana şu zamonaviy şahar osmonida Özbekiston bayroği ranglarining namoyon bölişi ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar ham yangi, zamonaviy va istiqbolli bosqiçga kötarilayotganining gözal ramzi böldi.