YeI 15 yoşga tölmaganlar uçun SI va ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqçi
Yevropa Ittifoqi 15 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlar, video platformalar, suniy intellekt çat-botlari va onlayn öyinlardan foydalanişini çeklaşni taklif qilmoqçi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen joriy yilning 13 iyul kuni Bryusselda bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini tartibga solişga qaratilgan taklif yozdan söng taqdim etilişini malum qilgan edi. U bolalarni internetdagi zararli kontent va raqamli platformalarning salbiy tasiridan himoya qiliş uçun yoşga qarab çeklovlar joriy etiş zarurligini takidlagan.
Oradan ikki oy ötib, 14 sentyabr kuni “Reuters” Yevropa Ittifoqi 15 yoşgaça bölgan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlar, video almaşiş platformalari, suniy intellekt çat-botlari va onlayn öyinlardan foydalanişni çeklaş böyiça keng qamrovli reja tayyorlaganini xabar qildi. Taklif Yevropa Komissiyasi tomonidan 17 sentyabr kuni rasman taqdim etilişi kutilmoqda.
Yevropa Komissiyasi hujjatiga köra, mazkur taşabbus bolalarni internetdagi xavf-xatarlardan himoya qilişga qaratilgan bölib, YeI tomonidan bu yönalişda ilgari surilayotgan eng keng qamrovli rejaga aylanişi mumkin.
Taklif Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen va YeI texnologiyalar böyiça komissari Xenna Virkkunen taqdim etişi kutilayotgan “EU Kids Act” loyihasi doirasida ilgari suriladi.
Rejaga köra, turli raqamli xizmatlardan foydalaniş yoşga qarab bosqiçma-bosqiç yölga qöyiladi. Kompaniyalarga yuklatiladigan majburiyatlar esa xizmat turi va foydalanuvçining yoşiga qarab farqlanadi.
15 yoşdan boşlab bolalar öz akkauntlarini mustaqil oçişi mumkin böladi. 13–14 yoşdagilar esa ota-onasining roziligi va nazorati ostida ijtimoiy tarmoqlar hamda video almaşiş platformalarida çeklangan akkauntlardan foydalanişi mumkin.
3–12 yoşdagi bolalar uçun akkauntlar töliq ota-onalar nazoratida bölişi va faqat bolalar uçun mos, xavfsizlik standartlari qatiy belgilangan xizmatlardan foydalanişga imkon berişi közda tutilgan. 3 yoşgaça bölgan bolalarga esa bunday xizmatlardan foydalanişga ruxsat berilmaydi.
Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoqlar va video platformalar yangi akkaunt oçayotgan foydalanuvçining yoşini tekşirişi kerak böladi. Onlayn öyin platformalari esa öyinlarni yuklab olişdan oldin foydalanuvçining yoşini aniqlaşi talab etiladi.
Loyihada kompaniyalardan bolalarni öziga qaram qilib qöyuvçi dizayn va zararli kontent oqimlarining oldini oliş, şuningdek, zararli materiallar haqida xabar beriş hamda ota-onalar nazoratini kuçaytirişga xizmat qiluvçi vositalarni taqdim etiş ham talab qilinadi.
Şuningdek, kompaniyalar uşbu qoidalarni nazorat qiliş va ijrosini taminlaş uçun maxsus yiğim tölaşi kerak böladi.
Biroq taklif hali yakuniy hujjat emas. Yevropa Komissiyasi loyiha ustida YeI davlatlari va Yevropa Parlamenti bilan kelgusi oylar davomida işlaşi kerak. Şundan keyingina u qonun sifatida qabul qilinişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston hukumati tomonidan 16 yoşdan kiçik bölgan foydalanuvçilarning ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötişini taqiqlaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqilgani haqida xabar berilgan edi.