Qozoğiston dunyoning Top iqtisodiyotlari 40 taligiga kirdi
Qozoğiston joriy yilgi Jahon raqobatbardoşlik reytingida 38-örinni egallab, dunyoning eng raqobatbardoş 40 iqtisodiyoti qatoridan joy oldi. Bu haqda Xalqaro menejmentni rivojlantiriş instituti (IMD) tomonidan tayyorlangan World Competitiveness Ranking 2026 reytingida elon qilindi.
Mazkur reyting mamlakatlarning iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantiriş uçun şaroit yaratiş qobiliyatini baholaydi. Unda davlatlar iqtisodiyot holati, davlat boşqaruvi samaradorligi, biznes samaradorligi va infratuzilma kabi törtta asosiy yönaliş böyiça baholangan. Reytingni şakllantirişda statistik körsatkiçlar hamda kompaniyalar rahbarlari örtasidagi sörovnoma natijalaridan foydalanilgan. Qozoğiston ayrim yönalişlarda yuqori natijalarni qayd etgan.
Jumladan, mamlakat:
- soliq siyosati böyiça – 9-örin;
- xalqaro savdo böyiça – 19-örin;
- mehnat bozori böyiça – 20-örin;
- boşqaruv amaliyotlari böyiça – 20-örin;
- biznesdagi qadriyat va qaraşlar böyiça – 20-örin;
- bandlik böyiça – 26-örin;
- institutsional muhit böyiça – 29-örin;
- unumdorlik va samaradorlik böyiça – 32-örin;
- içki iqtisodiyot böyiça 33-örinni egallagan.
Aholisi 20 milliondan ortiq bölgan mamlakatlar orasida Qozoğiston 15-örinda qayd etilgan. Yevropa, Yaqin Şarq va Afrika mamlakatlari guruhida esa respublika 25-örinni egallagan.
Tadqiqotda Qozoğistonning asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari ham keltirilgan. 2025 yilda mamlakat yalpi içki mahsuloti 306,2 milliard dollarni taşkil etgan, real YaIM ösişi esa 6,5 foiz bölgan. Iqtisodiy ösiş surati böyiça Qozoğiston reytingdagi iqtisodiyotlar orasida 6-örinni egallagan.
Xarid qobiliyati pariteti böyiça aholi jon boşiga YaIM 45 286 dollar, işçi kuçi soni 9,77 million kişi, işsizlik darajasi esa 4,6 foiz deb baholangan.
Ekspertlar Qozoğiston uçun joriy yildagi asosiy vazifalar qatorida davlat boşqaruviga suniy intellekt texnologiyalarini joriy etiş, zamonaviy yuqori texnologik işlab çiqarişlarga sifatli investitsiyalarni jalb qiliş, mamlakatning tranzit salohiyatini rivojlantiriş, kasb-hunar talimini isloh qiliş hamda suv resurslarini suniy intellektdan foydalangan holda zamonaviy boşqariş tizimiga ötişni qayd etgan.
IMD World Competitiveness reytingi 38 yildan beri elon qilib kelinadi. Uni şakllantirişda xalqaro, milliy va mintaqaviy taşkilotlarning statistik malumotlari hamda biznes rahbarlari örtasidagi sörovlar hisobga olinadi. 2026 yilgi sörovnomada qariyb 6 900 nafar top-menejer iştirok etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston yaşaş uçun eng yaxşi davlatlarning joriy yilgi xalqaro reytingida Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozoğistondan keyin ikkinçi örinni egallagani haqida xabar berilgan edi.