AQŞning Eron uruşiga qança sarflagani oşkor qilindi
AQŞning Eronga qarşi olti oydan beri davom etayotgan uruşiga sarflangan mablağ 38 milliard dollarga yetdi va bu summa oyiga yana 3 milliard dollarga oşişi kutilmoqda. Bu haqda Kongressning partiyaviy bölmagan byudjet idorasi — CBO öz hisobotida xabar berdi.
CBO malumotlariga köra, uruş 2027 yilning dastlabki uç oyida inflyatsiyani 0,5 foizga oşirişi mumkin. Hisob-kitoblar 1 avgustgaça bölgan xarajatlarni qamrab olgan.
Uruş xarajatlarining ortişi AQŞning öq-dori zaxiralariga bosim ötkazib, energiya narxlarining kötarilişiga olib kelmoqda. Bu esa mamlakatning boşqa ehtimoliy mojarolarga javob beriş imkoniyatlari va allaqaçon katta bosim ostida bölgan federal byudjet bilan boğliq xavotirlarni kuçaytirmoqda.
38 milliard dollarlik xarajat joriy yilning 21 iyul kuni Senatdagi eşituvda Mudofaa vaziri Pit Hegset malum qilgan 37,5 milliard dollarga yaqin.
Byudjet idorasi xarajatlarning asosiy qismi öq-dorilar zaxirasining tez kamayişi bilan boğliq ekanini bildirgan. CBO AQŞ zaxiralarini töldiriş uçun beş yilgaça vaqt ketişi mumkinligini baholagan.
2026 yil avgust oyida AQŞ uruşi davomida uzoq masofaga möljallangan aniq zarba beruvçi raketalarining deyarli barçasi işlatilgani haqida xabar berilgan edi.
CBO malum qilişiça, AQŞ Mudofaa vazirligi Kongress moliyaviy auditorlari bilan hamkorlik qilmagan.
Oq uy matbuot kotibi Anna Kelli Prezident Donald Trampning Eronga bergan zarbalarini Tehronning AQŞ harbiylari yoki manfaatlariga zarar yetkazişining oldini olişga qaratilgan “qatiy harakat” deb atagan. Uning aytişiça, AQŞ armiyasi Prezidentning barça strategik maqsadlarini amalga oşiriş va undan ham ortiq vazifalarni bajariş uçun yetarliça öq-dori, qurol-yaroğ va zaxiralarga ega.
Pentagonning boş matbuot kotibi Şon Parnell ham öq-dori tanqisligi haqidagi hisobot xulosalarini rad etib, armiya Prezident tanlagan vaqt va joyda zarba beriş uçun zarur bölgan barça narsaga ega ekanini aytgan.
Xarajatlarni örganiş Pensilvaniya ştati vakili, AQŞ Vakillar palatasi Byudjet qömitasidagi yuqori lavozimli demokrat Brendan Boyl söroviga köra ötkazilgan.
“Donald Trampning Erondagi halokatli uruşi allaqaçon jasur amerikalik harbiy xizmatçilarning hayotiga zomin böldi va boşqalarini yarador qildi”, degan Boyl.
Uning qöşimça qilişiça, inson hayotiga yetkazilgan zarardan taşqari, CBÖning partiyaviy bölmagan hisoboti uruş amerikalik soliq tölovçilarga önlab milliard dollarga tuşgani va xarajatlar ösişda davom etayotganini körsatmoqda.
Malumot uçun, Eron uruşida AQŞning 18 nafar harbiy xizmatçisi halok bölgan.
CBO hisoboti Hormuz böğozida tijoriy kemalarga qilingan sönggi hujumlar va mintaqadagi AQŞ harbiy inşootlariga zarbalar xarajatlarini qamrab olmagan. Şuningdek, uruşni moliyalaştiriş uçun olingan qarzlar böyiça foiz xarajatlari ham hisobga olinmagan. Ular umumiy summaga yana önlab milliard dollar qöşişi mumkin.
AQŞning harbiy tayyorgarligiga tasir
CBO hisob-kitoblariga köra, uruş AQŞning mudofaa salohiyati va içki iqtisodiyoti uçun keng kölamli oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Muhim öq-dorilar, jumladan, raketalarni tutib qoluvçi tizimlar yetişmasligi Pentagonning boşqa yirik mojaro yuzaga kelgan taqdirda javob qaytariş imkoniyatlarini çeklaşi mumkin. CBO bunday ehtimoliy mojarolar qatorida Xitoy va Tayvan bilan boğliq ziddiyatni ham tilga olgan.
Hegset iyul oyida Senatdagi eşituvda öq-dori zaxiralarini qayta töldiriş uçun qariyb 90 milliard dollar miqdorida favqulodda mablağ ajratişni söragan edi.
“Bu mablağlarsiz biz jiddiy tanqisliklarga duç kelamiz”, degandi Hegset.
Pentagon boş inspektori şu hafta Eron Yaqin Şarqdagi AQŞ bazalarida yuzlab binolarga zarar yetkazgan yoki ularni vayron qilgani, şuningdek, qiruvçi samolyotlar, yoqilği quyiş samolyotlari va dronlarga zarar yetkazgani haqida malum qildi.
Inspektor hisobotiga köra, 19 iyun holatida uruş xarajatlari 33,4 milliard dollar bölgan. Bu summa Eron zarbalari oqibatida AQŞ diplomatik obektlariga yetkazilgan qariyb 184 million dollarlik zararni ham öz içiga olgan.
Qayd etiş kerakki, Hormuz böğozidagi hujumlar va qöşni Fors körfazi davlatlaridagi energetika obektlariga zarbalar oqibatida yuzaga kelgan energetika inqirozi istemolçilar va jahon işlab çiqaruvçilari uçun narxlarni keskin oşirdi. Uruş boşlanişidan oldin jahon neftining qariyb 20 foizi uşbu tor suv yöli orqali taşilgan.
Uruş xarajatlarining ortişi AQŞning yomonlaşayotgan moliyaviy holatiga ham bosim ötkazişi mumkin. Mamlakatning umumiy davlat qarzi joriy yil avgust oyida 40 trillion dollardan oşgandi.
Tramp Eron uruşi bilan 2001 yil 11 sentyabr hujumlaridan keyin AQŞning Iroq va Afğonistonga bosqinlarini muntazam taqqoslab keladi.
“Reuters” malumotlariga köra, AQŞning Iroqdagi sakkiz yillik uruşi, eng avj nuqtasida 100 mingdan ortiq quruqlik qöşinlari iştirok etgan bölib, 2 trillion dollarga tuşgan.
Brown University’ning Costs of War loyihasi hisob-kitoblariga köra, qariyb 20 yil davom etgan Afğoniston uruşi ham eng faol davrida 100 mingdan ortiq harbiy iştirok etgan va AQŞga 2,3 trillion dollarga tuşgan.